So’nggi yangiliklar

01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  0 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  0 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  0 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  0 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  5 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бир оз ақлли футбол керак  0 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  2 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  0 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   25 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0 20:29"Барса" собиқ форварди Брейтуэйт "Эспаньол"ни харид қилмоқчи  0 20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  5 19:29РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Оренбург"ни тор-мор этди, Файзуллаев эса...  9 19:10"Барса" Уильямснинг трансфери барбод бўлса, "Бавария" вингери билан шартнома имзолаши мумкин  4

Retro - 2. Bir o'yin tarixi. 2007 yil. O'zbekiston - Ozarbayjon 0:0 Yangiliklar

Retro - 2. Bir o'yin tarixi. 2007 yil. O'zbekiston - Ozarbayjon 0:0

Avvalgi terma jamoamizni barcha sog'ingan ko'rinadi. "Retro-1" loyihasi statistika bo'yicha hafta davomida eng ko'p o'qilgan maqola bo'ldi. Ikkinchi sonimiz undan-da qiziq bo'lishiga bitta faktor mavjud.

2007 yil O'zbekiston terma jamoasining mamlakatimizdagi birinchi o'yini 7 fevral kuni Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi kechishi malum bo'ldi. Ikki tomon uchrashuvni Qarshidagi "Markaziy" stadionda o'tkazishga kelishib olishdi. Bu paytda terma jamoa boshqaruviga Rauf Inileev kelgan, menejer esa Alisher Nikimbaev edi. 




Ravshan Ermatov endi-endi FIFA o'yinlarida ishtirok etayotgan paytlari. Davron SHoqurbonov bugunda "Bunyodkor" FKda faoliyat olib boryapti. Marat Ismoilov esa 2014 yil hakamlik faoliyatini tugatdi. Abduhamidullo Rasulov esa bir marotaba JCHda ishtirok etib qaytdi.


Keling avval tarkib bilan tanishib olaylik.

O'ZBEKISTON - OZARBAYJON 0:0

07.02.2007. Qarshi. "Nasaf" stadioni. 10 000 tomoshabin. 

Hakamlar: Ravshan Ermatov, Abduhamidullo Rasulov, Davron SHoqurbonov, Marat Ismoilov.

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov (Timur Jo'raev, 55), Baxtiyor Ashurmatov (Rustam Azamov, 46), Kamoliddin Tojiev, Ilhom Suyunov, Hikmat Xoshimov (Aleksey Klikunov, 73), Leonid Koshelev (Rustam Boqiev, 90), Aleksey Nikolaev, Pavel Salomin (Ulug'bek Baqoev, 46), Viktor Karpenko (Vladislav Kiryan, 66), Jafar Irismetov (Zafar Xolmuradov, 57), Islom Inomov.

Ozarbayjon: Veliev Ferxad, Pereyra Ernani, Ladaga Andre Luish, Abbasov Samir, Kerimov Aslan (Javadov Vagif, 71), Sultonov Jeyxun (Nodirov Vukar, 71), Gomesh Leandro, Gurbanov Ilgar (Gashimov Zaur, 69), Imomaliev Emin (Guliev Ramin, 77), Kerimov Kenan, CHertoganov Aleksandr (Memmedov Nodar, 89)

Ogohlantirishlar: Baxtiyor Ashurmatov (32), Ulug'bek Baqoev (62), Islom Inomov (88), Nodirov Vukar (89).

Loyihamizning birinchi sonida asosiy tarkibda tanishtirilmagan futbolchilarga to'xtalib o'tamiz.




Baxtiyor Ashurmatov: "Navbahor" ustozi MTJ safida 54ta uchrashuvda maydonga tushgan. 2008 yilning sentyabr oyida bo'lib o'tgan Qatar - O'zbekiston (3:0) uchrashuvi uning faoliyatidagi so'nggisi bo'lgan. 11 yil davomida yurt sharafini himoya qilgan Ashurmatovning debyut o'yini 1997 yil O'zbekiston - Yaponiya uchrashuvida qayd etilgan. 1:1 hisobida yakuniga etgan bahsni 21 yoshli futbolchi asosiy tarkibda to'liq o'tkazgan edi.

Kamoliddin Tojiev: Aynan shu uchrashuvda Tojievlarning o'rtanchasi MTJ safida debyut o'yinini o'tkazgan. SHundan keyin u yana 8ta bahsda maydonga tushdi. Keti uzilmas jarohatlar tufayli uning MTJdagi faoliyati bir tekis o'tmadi.

Ilhom Suyunov: 2006 yil Bangladeshga qarshi safarda kechgan uchrashuvda debyut qilgan Suyunov 2009 yilga qadar 21 uchrashuvda maydonga tushdi. CHetdan qaraganda barchasi joyida edi. Suyunovning kamchiligi bor edi. Yani aybni kishining yuziga to'g'ri ayta olishi. Bu esa uning MTJdagi faoliyatiga tasir ko'rsatmay qolmadi. Joriy mavsum himoyachi faoliyatini tugatdi.




Hikmat Hoshimov: "Metallurg" futbolchisi uchun ham bu o'yin debyut bo'lgan. SHundan keyin himoyachi yana 12 marotaba MTJ libosini kiydi. Qirg'iziston, Qozog'iston, Xitoy va Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi bahslarda 90 daqiqa maydonda to'p tepgan.

Pavel Solomin: "Traktor"dagi faoliyati bilan muxlislarga tanilgan Salomin 13 marta MTJ sharafini himoya qildi. 1982 yilda tug'ilgan hujumchi Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan bahsda (2:1) terma jamoadagi birinchi va so'nggi golini urgan. Oxirgi marotaba Ummon - O'zbekiston (2:0) uchrashuvida maydonga tushgan va 46-daqiqada Zayniddin Tojievga almashtirilgan.

Viktor Karpenko: Faoliyatini tugatish uchun yana "Bunyodkor"ga qaytgan "qariya"ni o'tgan yil qanday kuzatib qo'yganimiz yodingizdan chiqmagan bo'lsa kerak. Baqoev, SHackix va Karpenko "trio"si uchun O'zbekiston - Ummon uchrashuvi so'nggisi bo'ldi. Karpenko faoliyati davomida 61ta o'yinda maydonga tushgan. Debyutini esa 2003 yl Belorussiya terma jamoasiga qarshi o'tkazgan edi.




Jafar Irismetov: O'zbekistonlik goleador MTJdagi faoliyatini 1997 yilda boshlagan. Kambodja terma jamoasiga qarshi uchrashuvning ikkinchi bo'limida SHirshov o'rniga maydonga tushgan hujumchi o'z hisobiga bitta gol yozib qo'yadi. Keyinchalik 36 o'yinda 15ta gol urdi. Xitoy Taypei terma jamoasi darvozasini esa bir o'yinda to'rt marotaba ishg'ol qildi va Lebedevdan keyin MTJ tarixida poker muallifi bo'lgan ikkinchi futbolchi bo'ldi. Qizig'i, Maksim SHackix aynan shu terma jamoaga qarshi o'yinda penta-trik muallif bo'lgan. Irismetov MTJdagi faoliyatini 2007 yil Estoniyaga qarshi kechgan o'yindan keyin tugatdi. 

Islom Inomov: "Isya" MTJdagi faoliyatini 2004 yil boshladi. O'shanda Mirjalol Qosimov tomonidan jarima zarbasidan kiritilgan yagona gol tufayli 1:0 hisobida g'alaba qozongan edik. Inomov esa aynan Qosimovning o'rniga 73-daqiqada maydonga tushgan. Hali rasman faoliyaini tugatmagan bo'lsa-da, 2013 yil Iordaniyaga (1:1) qarshi kechgan uchrashuv uning hisobidagi so'nggisi bo'lib turibdi.


Endi bevosita o'yin va o'yin atrofidagi voqealarga to'xtalamiz. U paytlar "Inter Futbol" gazetasida faoliyat olib borardim. Bir sahifa uchun gonarar miqdori 3000dan 5000 so'mgacha bo'lar edi. Bir oyda nari borsa 30 000 so'm ishlardik. O'yinga bir hafta qolganida o'sha paytda "Paxtakor" matbuot kotibi bo'lgan Baxtiyor aka SHirinov bilan "IF" hisobidan Qashqadaryoga borishga kelishdik. Safar xarajatlari keyinchalik olinadigan gonararimiz bilan qoplanadigan bo'ldi. Lekin men uchun birinchi safar ko'proq muhimroq edi. 




Terma jamoa o'yini Qarshiga ko'chishining ham o'ziga xos sabablari bo'lgan. O'zbekiston olimpiya term jamoasi Toshkentda Tojikiston bilan o'ynashi kerakligi uchun MTJ uchun eng maqbul variant bu Qarshida qad ko'targan yangi stadion edi. Afsuski, yangi stadion chimi o'yin kuni talabga javob beradigan holatda bo'lmadi. SHuning uchun mehmonlarimizning roziligiga ko'ra eski, "Nasaf" stadionida uchrashuv bo'lib o'tishiga kelishildi. Mehmonlarning ortiqcha etirozlarga bormaganliklarining sababi bor edi. CHunki viloyatning o'sha paytdagi hokimi Nuriddin Zaynievning shaxsan o'zi Toshkent - Qarshi yo'nalishida uchgan reysdan mehmonlarni kutib olib ehtirom ko'rsatgan edi. Bu esa mehmonlarimizga yoqqan va ular o'yinning barcha shartlariga etiroz qilmagandilar.




O'shanda Husan aka Temirovning "originali"ni birinchi marotaba ko'rgan edim. Unga qadar TV orqali, "Ro'ziqul Berdievning zarbaaaaa-si, ha-aaaaa, to'p shundaygina darvoza to'sini oldidan o'tib ketdi.... Balli, Pyotr!", - deya sharhlaydigan original jumlalarni eshitar edik.

O'yin qiziqarli o'tmadi. Balki sovuq bunga halaqit qilgan. Natija ham shunga yarasha bo'ldi, 0:0. Eng qizig'i o'sha kuni tezkorlik bilan gazetaga materiallarni yuborishimiz kerak. Tunda Qarshida bironta internet kafeni topish qiyin bo'ldi. Bir amallab topganimizda esa, endi-endi shakllanayotgan texnika asrimizdagi kompyuter bitta o'chib yondi, material kuydi. "Inter Futbol"dagi hamkasbim Bahodir Mirzaev ("Bunyodkor" MK)ga qo'ng'iroq qilib TVda namoyish etilgan o'yin sharhini yozib berishini iltimos qildim, o'zim esa matbuot anjumani va suratlarni imkon qadar tezda tahririyatga etkazishga harakat qilganman. SHu tariqa Toshkentdan tashqaridagi ilk maqolam shunday yozilgan edi.




O'yindan keyin Rauf Talgatovich matbuot anjumanida ishtirok etyati.




Bu Ozarbayjon MTJ bosh murabbiyi Diniev SHaxin emas, o'zimizning Baxtiyor Ashurmatov.


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика