Reshford: "So'z beraman, Angliya hali qaytadi"
11 dek 2022 20:42
Yangiliklar
Reshford: "So'z beraman, Angliya hali qaytadi"
Markus Reshford Angliya terma jamoasining JCH-2022ni tark etishi haqida fikr bildirdi.
Angliya terma jamoasi chorak finalda Franciyaga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
"So'nggi bir necha hafta emociyalarga boy bo'ldi. Jamoamizdagi har bir inson qiyinchiliklarga qarshi kurashish uchun qo'lidan kelganini qildi.
Biz muvaffaqiyatga yaqin edik, ammo biroz omad etishmadi. So'z beraman, hali qaytamiz! Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat" - deb yozdi Reshford.
Fikrlar