Reshford "Aston Villa" bilan xayrlashdi
28 may 2025 13:28
Yangiliklar
Reshford "Aston Villa" bilan xayrlashdi
"Shunchaki "Aston Villa"dagi barchaga aql bovar qilmas bir necha oy uchun rahmat aytmoqchiman. Ular haqiqatan ham o'zgacha klub va men "Villa" muxlislari meni maydonda birinchi daqiqadanoq quchoq ochib kutib olganini juda qadrlayman. Murabbiy, jamoa va butun murabbiylar shtabi ajoyib. Biroq ushbu mavsumda Chempionlar Ligasi chiqa olmaslik qanchalik xafa qilganini tushunaman. Ishonchim komilki, bu klub va bu jamoa yanada kuchliroq bo'lib qaytadi", – dedi Reshford.
Markus Reshford – shu yilning fevral oyida Birmingemning "Aston Villa" jamoasiga ijaraga berilgan "Manchester Yunayted" futbolchisi.
27 yoshli Reshford Birmingem klubi safida 17 o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli pas uzatdi.
Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, Markus Reshford ijaradan "Manchester Yunayted"ga qaytadi va uni yozda taxminan 45 mln evroga sotib olish mumkin bo'ladi.
"Daily Mirror"ning yozishicha, MYU Markus Reshfordning 10-raqamli futbolkasini undan olib, Mateus Kunyaga beradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar