So’nggi yangiliklar

20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  0 20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  1 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  1 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  7 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  18

Renat Bayramov: “Jizzaxda mehnatimizga yarasha rag'batlantirishmadi” Yangiliklar

Renat Bayramov: “Jizzaxda mehnatimizga yarasha rag'batlantirishmadi”

SHu kunlarda birinchi liga ishtirokchisi “Xorazm” jamoasi Andijonda bo'lib turibdi.
Bundan unumli foydalangan xolda, urganchliklar istiqomat qilayotgan shahardagi “Sport” mehmonxonasiga borib, “Xorazm”ning eng tajribali o'yinchisi Renat Bayramovdan intervyu oldik.

- O'tgan yili oliy ligada o'ynagandingiz. Joriy mavsum esa “Xorazm” sharafini himoya qilyapsiz. Bu elita vakillaridan qoniqarli taklif bo'lmagani bilan bog'liqmi?

- Ha, shunday. Rosti, o'zim ham oliy ligada o'ynashni maqsad qilgandim. Lekin hech bir klubdan chaqiruv bo'lmadi. SHu bois birinchi liga jamoasi bo'lsa-da, “Xorazm”da o'ynashga qaror qildim.

- Nima uchun endi aynan “Xorazm” variantini tanladingiz? Xolbuki, mavsum boshida sizni “NBU-Osiyo” yig'inida uchratgandik.

- “Bankirlar” jamoasi ham meni o'z safida ko'rishni istagandi. Lekin “Xorazm” rahbariyati undan-da yaxshiroq taklif bilan chiqdi. SHu bois yana Urganch jamoasida o'ynashga qaror qildim.

- “Xorazm” birinchi liganing o'rtamiyona jamoasi sanaladi. Bu erda o'ynash sizga yoqyaptimi?
- Albatta. Yaxshi tarkib shakllangan. Faqat ayrim jihatlarni hisobga olmasak, qolgan hammasi qoniqarli.

- Oilangiz bilan Toshkentda istiqomat qilishingizdan xabarimiz bor. Urganchga qatnash toliqtirib qo'ymayaptimi?
- Yo'q, Urganchda mehmonxonadan joy ajratib berishgan. Uyga borib kelish uchun esa klub poezdga chipta olib beradi. Muammo shundaki, ozgina moddiy jihatdan qiyinchiliklar bo'lyapti. Qolgan hammasi yaxshi.

- Jamoa tarkibiga etibor qaratadigan bo'lsak, asosan mahalliy yigitlar o'ynayotganiga guvoh bo'lamiz. Ular bilan bir-birlaringni tushunib ketishda muammo bo'lmayaptimi?
- Yo'q, yoshlar ham chakki emas. O'yinimiz yaxshi chiqmoqda, biroq natija ko'rsatish qiyin bo'lib ketdi.

- “Xorazm” tarkibidan kimlarni kelgusi mavsum oliy ligada o'ynab keta oladi deb aytgan bo'lardingiz?
- Bu borada deyarli hammani ko'rsatish mumkin. Faqat ularga imkoniyat berish kerak. Marat Hoshimov, Jasur Otajonov, Ilyos Xayrov shular jumalasidandir.

- O'zingiz ham keyingi mavsum yana oliy liga jamoalaridan biriga o'tishga yana urinib ko'rasizmi?
- Ha, bunday niyat yo'q emas. Nasib qilsa yana bemalol oliy ligada ham o'ynay olaman. Boz ustiga hozirgi jamoam bilan tuzgan shartnomam ham yakuniga etadi.

- Nazarimda, “So'g'diyona”da ishlaringiz yomon kechmayotgandi. Bir qator o'yinlarda gollar urib, qimmatli ochkolarni keltirdingiz. Jizzaxliklar safini tark etishingizni qanday izohlaysiz?
- Bilsangiz kerak, bu jamoa moddiy muammolarga o'ralashib qolgandi. O'tgan mavsum klubning ozmi-ko'pmi o'yinida ishtirok etib, qo'limdan kelganicha yordam berdim. CHempionat tugagach, vada qilingan pullar berilmay qolib ketdi. Agarda mehnat qilmaganimda, rahbariyatni oldiga kirib pul so'ramas edim. Lekin Jizzaxda mehnatimizni munosib rag'batlantirmadi. Vaziyat shunday tus olgach, ular bilan mavsum-2014 haqida muzokara o'tkazishni o'zimga ep ko'rmadim. Ishonasizmi, oxirgi uch yilda qaysi klubda o'ynagan bo'lsam, o'sha jamoada ko'tarma, mukofot yoki oylik maoshlarimdan malum bir qismi qolib ketdi. Hozirga kelib, ayrim jamoalar rahbariyati kelishuvdagi pullarni berishga kelganda o'zgarib qolmoqda.

- SHundan so'ng oliy liganing boshqa klubiga o'tish imkoni bo'lmadimi?
- Yo'q. (Biroz jilmayib) Agarda “Andijon”dan chorlov bo'lganida kelishim aniq edi. Negaki bu erda oldin o'ynaganman. Past balandini yaxshi bilaman. Qo'ldan kelganicha yordam berardim.

- “Andijon”da o'ynab sizda qanday taassurotlar qolgan?
- Bu erda futbolni juda ezozlashadi. Mahalliy ishqibozlarning millionlar o'yiniga qiziqishi yuqori. Yutib tursangiz, tribuna to'lib toshadi. Bunday stadionda o'ynash shaxsan menga juda yoqardi.

- Jamoa bu yil ham katta ehtimol bilan birinchi ligaga tushib ketish xavfi ostida turibdi. Agarda kelasi mavsum taklif bo'lsa uni qabul qilgan bo'larmidingiz?
- Bu ko'proq taklifning qanday bo'lishiga bog'liq. Agarda yana oliy ligaga qaytish vazifasi qo'yilsa, kelsa bo'ladi. CHunki yuqorida aytib o'tganimdek, bu erda o'ynash ajoyib.

- O'z vaqtida “Navbahor”, “Paxtakor” va xattoki milliy terma jamoada ham o'ynagan Renat Bayramov bugungi kunda birinchi liganing o'rtamiyona jamoasida faoliyat olib bormoqda. Bunday bo'lishini o'zingiz ham kutmagan bo'lsangiz kerak?
- Albatta, sira o'ylamaganman. Lekin nailoj, hayotda hamisha sen aytgan narsa bo'lmas ekan. Muhimi o'zim sevgan kasb bilan shug'ullanyapman.

- Birinchi liga va oliy liganing saviyasi katta farq qiladimi?
- Farqi bor albatta. Stadion va boshqa jihatlar borasida ajralib turadi. Ammo menimcha farq u qadar katta emas.

- Bu yil oliy ligani kimlar tark etadi deb o'ylaysiz?
- “Andijon”ning axvoli tobora qiyinlashib bormoqda. Unga menimcha “So'g'diyona” sherik bo'lsa kerak.

- CHempionlik poygasida kimning yutib chiqishni tahmin qilasiz?
- “Lokomotiv” va “Paxtakor” bu borada chemppionat oxirigacha kurashadi deb o'ylayman. “Temiryo'lchilar” tarkibida mamlakatimizning etakchi o'yinchilari jamlangan. “Paxtakor” tarkibida esa yoshlar. SHunga qaramay, chempionlik masalasi so'nggi turda aniq bo'ladi degan fikrdaman.

- Bu yil ko'plab futbolchilar oliy ligadan chetda qoldi. Xususan, sobiq jamoadosh do'stlaringiz Leonid Koshelev, Aleksey Nikolaev... Nima uchun bunday bo'ldi deb o'ylaysiz?
- Negaligini bilmadimu, lekin ular yana bemalol elita klublarida yuqori saviyada o'ynay olishadi deb hisoblayman. Balkim kelasi mavsumdan ular ham yana oliy ligaga qaytar. 

- Ayni damda 35 yoshdasiz. Yana necha yil futbol o'ynamoqchisiz?
- Kuch-quvvatim etguniga qadar. Balki 1 yil yoki 3 yil. Buni vaqt ko'rsatadi. Lekin yana oliy liga qaytib, u erda o'ynash ishtiyoqi kuchli.

- Renat Bayramov butsalarini mixga ilgach, murabbiylikka o'tadimi yoki...?
- Murabbiylik qilish rejasi yo'q emas. Ko'ramiz, ehtimol biror-bir klubda tashkilotchi sifatida, yani menejer bo'lib ishlarman. Tashkiliy masalalarga ham qiziqaman. Oldindan bir nima deyish qiyin.  


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика