Remsi va Uolkott “Sautgempton”ga qarshi o'yinda maydonga tushishlari mumkin
19 noy 2013 12:21
Yangiliklar


Remsi va Uolkott “Sautgempton”ga qarshi o'yinda maydonga tushishlari mumkin
“Arsenal” yarim himoyachisi Aaron Remsi va hujumchi Teo Uolkott, klubning so'nggi mashg'ulotida to'liq ishtirok etishdi.
Eslatib o'tamiz, Uolkott kasalligi tufayli olti hafta davomida maydonga tushmagan edi. Remsi esa Uels termasiga qarshi o'yinda oyog'idan engil jarohat olgan edi.
Xabarlarga qaraganda, ikkala futbolchi ham 23 noyabr kuni bo'lib o'tadigan “Sautgempton”ga qarshi o'yinda maydonga tushishlari mumkin.

Fikrlar