So’nggi yangiliklar

07:47Ёшларимиз бугун Аргентинага қарши баҳс олиб боради  1 07:16ЖЧ-2026 саралаш. Бразилия қийин ғалабага эришди, Аргентина эса...  0 01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  5 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  24 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  17 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  14 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  17 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  75 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  32 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  28 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  113 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46

Rekordni yangilash Yangiliklar

Rekordni yangilash

Yozgi transferlar bozorida APLda ishtirok etadigan 20ta klubdan naq 13tasi xaridlar bobida shaxsiy rekordini yangiladiki, bu misli ko'rilmagan televizion shartnoma mahsulidir.

Etibor qarating, jahonning eng jozibali ligasi vakillari jami 1,165 milliard funt sterling sarflashdi. Futbol tarixida bunday ko'lamdagi xarajat hali kuzatilgan emasdi. Atigi 7ta jamoa avvalgi shaxsiy transfer rekordini yangilamadi, xolos. Bular - CHelsi, Manchester Siti, Arsenal, Liverpul, Everton, Stok Siti va Midlsbro. Qolgan ishtirokchilar esa o'z tarixlaridagi eng yirik xaridga qo'l urishdi. Xo'sh, ular kimga ega bo'lish yo'lida byudjetdan katta mablag' ajratishdi?

BERNLI - Jeff XENDRIK

10,5 mln. funt (Derbi Kauntidan)

2 yil avval APLga chiqqan Bernli transferlar uchun juda kam pul ajratgan va mavsum yakunida quyi divizionga qaytgandi. Klub bu safar ham transferlar bozorining oxirgi kunlariga qadar kamtarlikni saqlab turdi, biroq yakunda chidamadi, chog'i, baribir. Avvaliga belgiyalik Stiven Defur uchun chamasi 7 million sarflandi va jamoa rekordi yangilandi. Bernliliklar bu bilan cheklanib qolmay, xaridlarning oxirgi kuni yana cho'ntak kavlashdi va irlandiyalik 24 yoshli yarim himoyachi Jeff Xendrikni 10,5 millionga sotib olishdi. Xullas, kamtarin jamoa yozda transferlar bobidagi rekordini 2 marta yangiladi. Aytish joiz, ayni payt Bernli turnir jadvalining 14-qatorida bormoqda. Demak, katta xarajat zoe ketmayapti.

 

 XALL SITI - Rayan MEYSON

12,5 mln. funt (Tottenxemdan)

Yozda jamoa qandaydir depressiya holatiga tushdi - xo'jayini o'zgardi, bosh murabbiyi ketib qoldi va bir qator futbolchilari jarohat sabab, safdan chiqishgandi. Lekin yangi mavsum Xall uchun kutilmaganda, juda yaxshi boshlandi: dastlabki 3ta turda 2ta g'alaba. CHunonchi, tarkib ham sezilarli darajada kuchaytirildi. 25 yoshli markaziy yarim himoyachi Rayan Meyson 1,5 yil muqaddam Angliya terma jamoasida debyut qilgandi. Biroq keyinchalik Tottenxem zaxirasida o'tirib qoldi. Xall esa shu o'yinchiga ega bo'lish uchun o'z darajasida rekord xarajatga qo'l urdi.

 

UOTFORD - Roberto PEREYRA

13 mln. funt (Yuventusdan)

A seriyasida ketma-ket 2 marta chempionlik nashidasini surgan argentinalik hujumkor yarim himoyachi APL­ga ko'chib o'tdi va birinchi o'yinidayoq Arsenal darvozasiga gol urdi. Umuman olganda, Uotford Valter Maczarri boshqaruvida transferlar bozorida ancha dadil ish olib bordi va endi ligada qolish uchungina kurashmasa kerak. Hozirda 11-o'rinni egallab turgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.

 

VEST BROMVICH - Nosir SHODLI

13 mln. funt (Tottenxemdan)

Vest Bromning yozgi transferlar mavsumida amalga oshirgan xaridlari klubda hech kimni qoniqtirmadi, chog'i. Lekin jamoa so'nggi pallada rekord o'rnatishga ulgurdi. Belgiyalik hujumkor yarim himoyachi Nosir SHodli Tottenxemda vaqti-vaqti bilan o'zini ko'rsatib turgandi. Biroq oxirgi paytlarda hattoki, maydonga kam tushadigan bo'lib qoldi. Bromvich aynan shu holatdan foydalanib, 13 limon evaziga uni o'z safiga qo'shib oldi.

 

SANDERLEND - Dide NDONG

13,6 mln. funt (Loryandan)

Devid Moyes Sanderlendning bechorahol tarkibini epaqaga keltirish uchun ancha elib-yugurdi. Ayniqsa, yozning oxirgi kunlari harakatlar ancha kuchaytirildi. Buning natijasida gabonlik tayanch yarim himoyachi Angliya shimolida paydo bo'ldi. Aytish joiz, hozirda Dide Ndongni ko'proq Maykl Essenga o'xshatishyapti.

 

BORNMUT - Jordan AYB

15 mln. funt (Liverpuldan)

Kamtarin klublar sirasiga kirivchi Bornmut ishonchli transferlar kampaniyasi orqali barchani hayratga soldi. Deylik, Arsenaldan Jek Uilsherni ijara kelishuvi bo'yicha olganining o'zi salmoqli tosh bosadi. SHuningdek, Jordan Ayb transferi bilan jamoa rekordi yangilandi. Angliyalik 20 yoshli vinger yaqin-yaqingacha Liverpul kelajagi sifatida etirof etilayotgandi. Biroq Yurgen Klopp boshqacha fikrda, shekilli, Aybni qo'yib yubordi.

 

SUONSI - Borxa BASTON

15,5 mln. funt (Atletikodan)

Ispaniyalik novcha hujumchi 5 yil davomida Atletiko ixtiyorida yurdi, ammo ijara safarlaridan sira bo'shagani yo'q. Mana, endi u Uels jamoasi tarixidagi eng qimmatbaho futbolchiga aylandi. Aslida Suonsi yozgi transferlar mavsumida uncha yaxshi ishlamadi. Lekin fakt shuki, klub  rekord ko'rsatkichni qayd etdi.

 

SAUTGEMPTON - Sofian BUFAL

16 mln. funt (Lilldan)

Sautgempton oxirgi yillarda shunchalik ko'p futbolchi sotdiki, qandaydir yangi TV-shartnomasiz ham o'zining ancha kamtarin transfer rekordini qulatishi mumkin edi. Franciyaliklar bilan yaxshi aloqalar va yangi bosh murabbiy Klod Pyuel tajribasi o'laroq, marokashlik 22 yoshli hujumkor yarim himoyachi Angliya janubiga yo'l oldi. Uning o'tgan mavsum Liga 1da  Lill uchun 11ta gol urganini eslatish o'rinli.

 

VEST XEM - Andre AYYU

20,5 mln. funt (Suonsidan)

Suonsi o'tgan yili Ayyuni tekinga olib, ajoyib biznesga asos solgandi. Mana, uelsliklar atigi 1 yil o'tib, bu futbolchini hattoki, Angliya ligasi uchun ham katta sanaladigan summada pullashdi. Afsuski, Vest Xem tarixidagi eng qimmatbaho futbolchi ilk o'yinlaridan birida jarohatlandi. SHunday ekan, bolg'achilar rekord transferdan, yani ganalik yigitdan hali naf ko'rishgani yo'q.

 

KRISTAL PELAS - Kristian BENTEKE

27 mln. funt (Liverpuldan)

Bir qarashda, bu kelishuv hammani xursand qildi: Pelas yaxshigina ijrochiga ega bo'ldi, Liverpul ortiqcha maosh xarajatidan qutuldi, Bentekening o'zi esa nihoyat, muntazam o'ynash imkoniyatini hosil qildi. Bosh­qacha aytsak, londonliklar jamoani ancha qiynagan markaziy hujumchi muammosini hal etishdi, liverpulliklar Kloppga kerak bo'lmagan futbolchini deyarli xarid qilingan summada sotishdi, Benteke shu bilan zaxirada navbat kutish azobini unutdi. To'g'ri, belgiyalik futbolchi hammasini zo'r boshladi - Kristal Pelas va Bernlini adashtirib yubordi.

 

LESTER - Islom SLIMANI

29 mln. funt (Sportingdan)

Yangi maqom - chempion nomi Lesterning yozda ancha ko'p xarajat qilishini taqozo etdi va klub xuddi shunday yo'l tutdi. Ayyor Klaudio Raneri jazoirlik Riyod Mahrezni tarkibda olib qolib, uning yoniga bu mamlakatning yana bir vakilini qo'shib qo'ydi. Slimani hozir 28 yoshda va bungacha top-chempionatlarda o'ynagan emasdi. Bir qarashda, tulkilar uning uchun deyarli 30 limon berib, tavakkalga qo'l urishgandek, ammo rekord transfer hozirdanoq o'z samarasini beryapti. Harqalay, Slimani jamoa o'yiniga muammosiz kirishib ketdi va gollar urishga ham ulgurdi.

 

TOTTENXEM - Mussa SISSOKO

30 mln. funt (Nyukasldan)

Mussa Sissokoning ikki qiyofasi bor: birinchisi - yaqinda Franciya terma jamoasi bilan Evropa chempioni bo'lishga yaqin kelgan jonkuyar futbolchi, ikkinchisi - o'tgan mavsum Nyukasl safida chempionshipga qulashni boshdan kechirgan omadsiz. Tottenxem tabiiyki, 30 limonni uning birinchi qiyofasi uchun berdi. Taqachilarning chempionatdagi ishlari joyida, demak, hozirda Sissokoni asl narxidan qimmatroq baholashgani xususida gapirish o'rinsiz.

 

MANCHESTER YUNAYTED - Pol POGBA

89 mln. funt (Yuventusdan)

Nafaqat MYU, balki butun futbol tarixidagi rekord kelishuv. Barchasi haqida ko'p va xo'p gapirildi va ularni takrorlash shart emas. Lekin franciyalik yigitning hozircha jahon rekordchisiga mos darajada harakatlanmayotgani ham ayni haqiqat.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика