So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  3 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  103 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

"Reja - uchinchi o'rin! Murtazoevga qarsak chalish kerak. Nohaq bo'lsam ham, maydonga chiqib ketgim keladi" - Baxtiyor Ashurmatov "Mashal" bilan o'yindan keyin nimalar dedi? Yangiliklar

"Reja - uchinchi o'rin! Murtazoevga qarsak chalish kerak. Nohaq bo'lsam ham, maydonga chiqib ketgim keladi" - Baxtiyor Ashurmatov "Mashal" bilan o'yindan keyin nimalar dedi?

Biroz avval Coca Cola Superliganing 20-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi nihoyasiga etdi (1:2). O'yindan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




"To'g'risini aytsam, "Mashal" jamoasini juda hurmat qilaman, chunki mehnatkash va jangovar jamoa hisoblanadi. Tarkibida yulduzlar ko'p bo'lmasa ham, so'nggi soniyagacha maydonning har bir qarichi uchun kurash olib boradi. SHu sababli bugungi o'yin ham juda murakkab bo'ldi. SHunga qaramay, safarda o'zimiz uchun juda muhim bo'lgan ochkolarni qo'lga kiritdik. O'ylaymanki, bu g'alaba muxlislar, rahbariyat, jamoamning ruhiyatini ko'tardi va biz oxirigacha kurashish imkoniyatiga ega bo'lyapmiz. Yigitlarga g'alaba uchun tashakkur aytaman. To'g'ri, birinchi bo'limda "Mashal" yaxshiroq o'ynadi, biz asosan himoyalanishga etibor qaratdik. Ikkinchi bo'limda o'yinni kuchaytirish rejasi bor edi. Bu amalda o'z isbotini topdi: ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadik, to'p nazoratini qo'lga oldik va gol urdik. 

O'z navbatida "Mashal" jamoasiga qoyil qolish kerak. Mezbonlar yutqazib turgan vaziyatda bizni chuqur himoyalanishga majbur qilishdi. "Mashal"ning o'yini sababli taktik o'zgarishlarni amalga oshirib, himoyachilar sonini orttirishga to'g'ri keldi. Oxirigacha kurashganimiz uchun o'yin yakuniga yaqin g'alaba golini kiritdik, deb o'ylayman. Lekin, tan olishim kerak, bugun "Mashal" durangga loyiq edi. Ajoyib o'yin uchun mezbonlarga minnatdorchilik bildiraman va keyingi o'yinlariga omad tilayman.


— Penalti belgilangan vaziyat haqidagi fikringiz?

Mening jamoam penalti tepdi. Murabbiy sifatida bundan xursandman. O'sha vaziyatni ko'rib chiqish kerak. Etibor qilgan bo'lsangiz, bahsli vaziyatlarda ham to'p jamoamda qolishini istayman, bizning foydamizga qaror chiqishini xohlayman. SHuning uchun emociyaga berilib nohaq bo'lgan paytimda ham "ulardan chiqib ketdi, bizning to'pimiz" deyishim mumkin. O'yin payti qizishib ketasiz va boshqacha fikrlaysiz. Nohaq bo'lsam-da, maydonga chiqib ketgim keladi. SHu sababli hozir vaziyatni ko'rmasdan bir narsa deya olmayman. Hakamlar harakatini ko'rib chiqadigan alohida qo'mita bor. Lekin, 

Ko'rdingiz, o'yinchi yiqildi, "Mashal" futbolchisi to'pga ulgurmadi. Menimcha, bizning vakilimiz to'pga birinchi edi.

— "Qo'qon-1912" jamoasi mavsumni nechanchi o'rinda yakunlaydi, deb o'ylaysiz?

So'nggi 2 yilda "Qo'qon" Superligada qolish uchun kurashgan edi. Gapning ochig'i, mavsum boshidagi maqsadimiz autsayderlar qatorida bo'lmaslik edi. Lekin, mavsum davomidagi ajoyib o'yinlarimiz maqsadni o'zgartirib, yuqori o'yinlar uchun kurashish imkonini taqdim qildi. Safardagi g'alabadan xursandman. 3-o'rinni egallash imkoniyati bo'lsa, bundan foydalanish kerak. Barcha raqobatchilarimizda ham o'yin taqvimi juda zich. Keyingi 2 o'yinimiz AGMK va "Nasaf"ga qarshi bo'ladi. SHu bahslar jamoamizning mavsumdagi taqdirini hal qilib beradi, deb o'ylayman. Reja — 3-o'rin!

— Hisob tenglashgan vaziyatda kim xatoga yo'l qo'ydi?

O'yin yakunida raqiblar hujumga zo'r berib, qanotlardan uzatmalarni ko'paytirishini bilardik. SHu tufayli 3-himoyachini o'yinga chiqardi. Ammo golga chanqoq Humoyun Murtazoev himoyachilarimizning orasidan turib darvozani ishg'ol qildi. Bu erda faqat hujumchini olqishlashimiz kerak.

— So'nggi turlarni neytral maydonda o'tkazish fikriga qanday qaraysiz?

Bizga markazlashtirilgan tizimda o'tkazilgan o'yinlar omadli kelgan edi. Yana shunday bo'ladigan bo'lsa, men xursand bo'laman. Qaerda yutib, qaerda imkoniyatni boy berishingizni bilmaysiz. Bizga farqi yo'q. Jangovar o'yin ko'rsatsak, g'alaba qozonish imkoniyatiga egamiz.

— Muxlislarning stadionlarga qaytarilganini inobatga olsak, har bir jamoa o'z uyida o'ynagani adolatli emas?

Adolatli, albatta. Muxlislarning stadionga qaytgani meni quvontirdi. Ularsiz o'yinlarda shiddat pasayadi, fayz yo'qolgandek bo'ladi. Ammo birinchi davrada chempionatni o'tkazishga masul shaxslar va murabbiylar o'rtasida 2-davrada ham 4 turni neytral maydonlarda o'tkazish bo'yicha gaplashib olganmiz. Bu borada hozircha yakuniy to'xtamga kelinmadi. Ammo qanday qaror qabul qilinsa, biz tayyormiz.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика