So’nggi yangiliklar

21:11"Ахмат" — "Акрон". Таркиблар маълум  0 21:05"Атлетик" — "Атлетико". Галлахер, Гризманн ва Альварес асосий таркибда  0 20:49"Спартак" — "Рубин". Қозонликларнинг ўзбекистонлик ўйинчилари асосий таркибдами?  0 20:35"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Де Брюйне, Бернарду ва Холанд асосий таркибда  1 20:26"Ризеспор" — "Қосимпошо". Алиқулов доимгидек асосий таркибда  0 20:10Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Вальядолид"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  15 19:54"Қайсар" - "Ордабаси". Умаров ва Яхшибоев асосий таркибдами?  0 19:30РПЛ. ЦСКА яна ғалаба қозонди  0 19:00АПЛ. "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқарди, Деклан Райс фаолиятида биринчи маротаба қизил карточка олди  3 18:51Пирс Морган: "Бу нимаси? Райс оёғидан зарба қабул қилиб олгани учун четлатилдими?"  8 18:36АПЛнинг 5та баҳси учун таркиблар билан танишинг  0 18:29АПЛ. Қизил карточка "Арсенал"га қимматга тушди ва Лондон клуби жорий мавсумдаги дастлабки очколарини йўқотди  12 18:17"Бухоро" ва "Хоразм" клублари, клуб расмийлари иши Тартиб-интизом қўмитасига оширилди  3 17:56Роналду ЧЛ қуръасига тақиб келган тақинчоқларнинг нархини биласизми?  11 17:08 "Футбол олами". Фарғонадаги кубок финалида водий дербисини кўрамиз   6

Reglamentdan norozi Kanchelskis, "Nasaf"ga tuhmat qilayotganlar haqida gapirgan Berdiev yoxud "Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvi tafsilotlari Yangiliklar

Reglamentdan norozi Kanchelskis, "Nasaf"ga tuhmat qilayotganlar haqida gapirgan Berdiev yoxud "Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvi tafsilotlari

Coca Cola Superligasining 23-turida Namanganning "Navbahor" klubi o'z maydonida Qarshining "Nasaf" jamoasini qabul qildi.

SHu kuni Namangan shahridagi "Markaziy" o'yingohga uchrashuv boshlanishidan bir soat avval etib keldik. Doimgidek stadion atrofi futbol muxlislari bilan gavjum, kimdir chipta olish uchun navbat kutayotgan bo'lsa, kimlardir maydon tomonga shoshmoqda. "Markaziy"ga kirganimizdan so'ng dastlab matbuotchilar xonasiga kirib o'yin qaydnomasi bilan tanishdik. SHundan keyin maysalari yam-yashil ko'rinish hosil qilgan maydonga tushdik, bu vaqtda har ikki jamoa vakillari chigalyozdi mashg'ulotlarni olib borishayotgan edi. “Navbahor" vakillari maydonning chap tomonida mashg'ulot olib borayotgan bo'lsalar, qarshiliklar o'ng tomonda uchrashuvga tayyorgarlik ko'rmoqda edilar.

Oradan bir oz vaqt o'tib, jamoalar mashg'ulotlarni yakunlab, kiyinish xonasiga yo'l olishdi. Biz ham o'yin tafsilotlarini yoritib borish uchun matbuotchilar xonasi tomon oshiqdik. Stadion zinasidan chiqaverishda futbolchilar bilan qo'l ushlashib maydonga tushib keladigan bolalar ikki qator saf tortib turishardi. Ularga yaqinlashganim xamonoq, barchasi qo'lini ko'ksiga qo'ygan xolda "Assalomu alaykum" deya salom berib qolishsa bo'ladimi? Ochig'i, odam xijolat bo'lar ekan...

CHamasi bu yosh futbolchilar meni uchrashuv komissari Oybek aka Yunusov bilan adashtirishdi-yov!

SHundan so'ng matbuotchilar xonasida o'z ishimizni davom ettirdik. SHu o'rinda takidlash joizki, "Navbahor" futbol klubi mamuriyati va jamoa muxlislari tomonidan yaxshi anana tobora shakllanib bormoqda. Har gal o'yin boshlanishidan avval stadion suxandoni hamda uchrashuvga tashrif buyurgan muxlislar "Navbahor" jamoasi madhiyasini jo'r bo'lib ijro etmoqdalar, bu juda yaxshi albatta.



Hozir mazkur uchrashuv haqida batafsil to'xtalib o'tirmoqchi emasmiz, kecha saytimizda bu o'yin tafsilotlari stadionning o'zidan turib yoritib borildi.




Bugun sizlar bilan birgalikda ushbu bahsni bir oz tahlil qilib o'tamiz. Kechagi o'yinni bevosita stadiondan yoki TV orqali tomosha qilgan muxlislar bir-biriga o'xshamagan ikki xil taymga guvoh bo'ldilar.

Uchrashuvning birinchi bo'limi tomoshabop ruhda o'tdi deb aytish qiyin. Har ikki jamoa vakillarida birinchi bo'lim davomida raqib darvozasini ishg'ol etish uchun yuzaga kelgan qulay imkoniyatlar soni ko'p bo'lmadi.O'yin asosan maydon markazida kechdi. Maydon egalari tomonidan tashkil etilgan hujumlar yakuniy zarba noaniqligi va "Nasaf" himoyachilarining ishonchli harakatlari evaziga gol bilan yakunlanmagan bo'lsa, qarshiliklar tashkil etgan hujumlarda jamoa futbolchilariga bir oz tajriba etishmadi.

Ikkinchi bo'lim maydon egalarining shiddatli hujumlari bilan boshlandi. Tanaffusda murabbiylardan tegishlicha ko'rsatmalarni olib maydonga tushgan "Navbahor" vakillari raqiblari darvozasiga gol kiritish uchun astoydil harakat qila boshladilar. Nihoyat uchrashuvning 80-daqiqasiga kelib hisob ochildi. Bu vaziyatda dastlab Aleksandr Kasyanning kuchli zarbasini "Nasaf" posboni Abduvohid Nematov qaytarishga erishdi, lekin qaytgan to'pga zahiradan o'yinga qo'shilgan Aziz Ibragimov aniq zarba yo'llab, uchrashuvda hisobni ochdi. Butun stadion uchrashuvda "Navbahor" g'alaba qozonganini his etib turgan vaqtda hakam tomonidan ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda "Nasaf" futbolchisi Bobir Abdixoliqov mezbonlar darvozasini ishg'ol etib hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etdi.




Ushbu bahsni stadiondan turib, jami 5530 nafar muxlis kuzatib bordi. Bu har doimgidan ko'ra bugungi uchrashuvga futbolsevar namanganlik muxlislar kamroq tashrif buyurganligidan dalolat berardi.



Butun uchrashuv davomida shunga guvoh bo'ldikki, "Navbahor" vakillarida "to'pni oldinga tepib yubor, Kasyan o'zi egallab oladi" qabilidagi muhit hukmron bo'ldi. Mehnatsevar Aleksandr Kasyan to'p maydonning qaysi nuqtasi tomon tepilsa, o'sha joyda hoziru-nozir bo'lishiga to'g'ri keldi. "Navbahor" rahbariyati va murabbiylari shtabi hali-veri ushbu legionerdan voz kechmasalar keragov...

Uchrashuv yakunlangandan so'ng har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev jurnalistlar savollariga javob berar ekan, uning quyidagi so'zlari alohida elon qilinishini takidladi:


" SHu kunlarda ayrim insonlar tomonidan "Nasaf" jamoasining o'yinlariga shubha uyg'otuvchi fikrlar aytilmoqda. Bizning jamoamiz o'z shijoati va mehnati bilan nafaqat Qashqadaryoda, balki butun O'zbekistondagi muxlislar mehrini qozonib ulgurdi. Sizda imkoniyat bor, shaxsan men bilan ishlagan va ishlayotgan futbolchilardan so'rang, suhbatlashing, bizning jamoada xech qachon muxlislarni aldaydigan yoki shunga o'xshash kelishilgan o'yinlar o'tkazilmagan. O'sha insonlar tomonidan aytilayotgan gaplar asossiz, tuhmatdan boshqa xech narsa emas. Bizning nomimizga dog' tushirishni istayotgan bo'lishi mumkin xolos".

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.


"Tushunmayman, nima uchun reglamentga ko'ra bir yosh futbolchi maydonda o'ynashi shart? Biz raqobatda yutqazayotgan futbolchigi suniy ravishda o'stirishimiz shart emas. Barchasini ularning o'zlari qadam va qadam amalga oshirishlari kerak. Bazi paytlarda ular o'yinni buzib qo'yishmoqda.
Qarang qancha futbolchilarim jarohatlangan. Ustiga ustak yoshlar borasidagi qaror ham muammolarni ikki barobarga oshirgan. Maydonda 10 kishi o'ynayapmiz. SHuningdek, Azizbek Turg'unboev. Kimdir 6 oylab vaqtini maydondan tashqarida o'tkazyapti va uning oldingi holatiga qaytishi uchun yana shuncha vaqt kerak bo'ladi."

Kechagi Namangan safari voqeliklari shu bilan yakuniga etdi. Championat.asiani kuzatishda davom eting! Unutmang, biz har doim va hamma joyda bormiz! Zavqlaning, orzu qiling va bizni kuzating!


NAVBAHOR – NASAF 1:1
Namangan "Markaziy" o'yingohi. 5530 tomoshabin.
Hakamlar:
Hasan Ro'ziev, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Adhamjon Ergashev
Nazoratchi: Noil Lutfullin
Komissar: Oybek Yunusov
Gollar: Aziz Ibragimov 80, - 1:0. Bobir Abdixoliqov 90+3, - 1:1.
“Navbahor”: 1. O'tkir Yusupov, 7. Azimjon Ahmedov, 9. Ivan Solovyov, 10. Azizbek Turg'unboev (95. Nodir Mavlonov, 60), 11. Aleksandr Kasyan, 15. Obid Jo'raboev, 19. Mirzohid G'ofurov, 22. Igor Golban (s), 55. G'iyosjon Komilov, 98. Muhammadjon Sultonov (4. Aziz Ibragimov, 46), 99. Amirbek Jo'raboev (8. SHahzod SHaymanov, 74).
Zaxira: 23. Dilshod Hamroev, 5. Slavko Lukich, 29. Hojiakbar Yunusov, 34. Komiljon Tojidinov, 77. Ayubxon Nomanov,
“Nasaf”: 35. Abduvohid Nematov, 4. Husniddin Aliqulov, 6. Azizjon G'aniev, 8. Dilshod Saitov, 9. Humoyun Murtazoev, 10. Bobir Abduxoliqov, 14. SHarof Muhitdinov, 19. Sardor Abduraimov (27.Islom Rashidxonov, 85), 28. Xurshidbek Muxtorov (34. SHerzod Nasrullaev, 85), 77. Oybek Bozorov, 92. Umarbek Eshmurodov (s).
Zaxira: 21. Mashhurjon Muhammadjonov, 65. Azamat Soyibov, 15. Jo'rabek Mannonov, 17. Doniyorjon Narzullaev, 30. Xudoyorxon Sadullaev, 50. SHohmalik Komilov.
Ogohlantirishlar: Oybek Bozorov 64, SHahzod SHaymanov 86, Husniddin Aliqulov 90+2.

Bekzod Tolibov, Namangandan maxsus

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика