"Real"ning yangi o'yinchisi, Turkiyadan "geniy" va Bellingemning ukasi. 2023 yilda porlashi kerak bo'lgan 10 vunderkind
12 jan 2023 21:07
Yangiliklar
"Real"ning yangi o'yinchisi, Turkiyadan "geniy" va Bellingemning ukasi. 2023 yilda porlashi kerak bo'lgan 10 vunderkind
Har yili futbolda yangi yosh yulduzlar paydo bo'lmoqda. Yaqin vaqtgacha hech kim Gavi, Jamal Musiala yoki Xarvi Elliot haqida bilmasdi. SHu sabab biz 2023 yilda porlashi kerak bo'lgan vunderkindlarning ro'yxatini tuzdik.
Endrik, 16 yosh ("Palmeyras" / "Real")
"Real" hozirgi etakchilarga o'rinbosarlar tayyorlashda davom etmoqda. Jamoada yosh yulduzlar bor, ammo Benzemaning o'rnini kim bosadi degan savol turibdi? Buni braziliyalik Endrik qilishi kutilmoqda. "Real"ning 16 yoshli vunderkind uchun 70 mln evro to'lagani bekorga emas!
U "Palmeyras" safida ettita o'yinda uchta gol va bitta assist qayd etdi. Endrikni 20 yoshgacha bo'lgan Braziliya terma jamoasiga chaqirishmoqda, unga tengdoshlari bilan unchalik qiziq emas. Afsonaviy Ronaldo hatto uni JCH-2022ga olishni ham taklif qildi, ammo Tite "so'yloqtish"ni eshitmadi. Mutaxassislar Endrik uslub jihatdan bir vaqtning o'zida ham Ronaldoga, ham Romarioga o'xshashini qayd etishmoqda. Braziliyalik 2024 yilning yozida 18 yoshga kirganida "Real"ga o'tadi. Endrik hozircha jismoniy jihatdan kuchayish va o'yin borasida kuchayish uchun ishlaydi.
Matis Tel, 17 yosh ("Bavariya")
"Bavariya" Myunxen klubiga o'tguniga qadar kattalar darajasida gol urmagan bo'lsa ham, "Renn"ning 17 yoshli forvardi Matis Telda salohiyatni ko'rdi. Ammo, Tel yangi jamoasida allaqachon to'rt bor to'p kiritdi, ulardan uchtasi Bundesligada. Matis asosan zaxiradan maydonga tushdi, ammo uni buyog'iga yanada ko'proq asosiy tarkibga chiqarishlariga shubha yo'q. Robert Levandovski "Bavariya"ga ketganidan so'ng top-forvard qolmadi. Ehtimol, yaqin kelajakda Matis Tel shunday maqomga ega bo'lar.
Dezire Due, 17 yosh ("Renn")
Ro'yxatimizning keyingi o'rnida Telning "Renn"dagi sobiq sherigi hujumkor yarim himoyachi Dezire Due. U ham 17 yoshda, ular orasida farq esa atigi bir oyni tashkil qiladi. Ularning ikkisi ham Franciyaning U-19 terma jamoasida o'ynashmoqda va u erda tirishqoqlik bilan o'z hisoblariga samarali harakatlarni yozdirib qo'yishmoqda. Klubga kelsak, Dezire "Renn" safida ushbu mavsum 16ta o'yinda uchta to'p kiritdi. Due Franciya chempionatida ikki bor, Evropa ligasida esa bir bor raqib darvozasini ishg'ol qildi. Franciyalik jurnalistlar Due Franciya terma jamoasi yaqin kelajakda bog'liq bo'ladigan futbolchilardan biri bo'ladi deb hisoblamoqda.
Arda Gyuler, 17 yosh ("Fenerbaxche")
Gyuler ham poziciya bo'yicha "o'nlik". Ardaning so'zlariga ko'ra, u De Bryuyne, Brunu Fernandesh va O'zil kabi futbolchilardek bo'lishga intiladi. Qiziqarli jihati, aynan Gyuler Mesutni "Fenerbaxche"ning asosiy tarkibidan chiqarib yuborgan: klub rahbariyati yoshi katta va muammoli xavbekdan ko'ra, yosh iqtidorga ko'proq o'yin amaliyoti berish yaxshiroq deb hisobladi. Ro'yxatimizdagi oldingi o'yinchilardan farqli ravishda, Gyuler kattalar terma jamoasi safida debyut qilgan. Arda "Fenerbaxche"ning birinchi jamoasida 29ta o'yin o'tkazib, oltita gol va oltita assist qayd etgan. Mish-mishlarga ko'ra, Gyulerni PSJ va "Barselona" kuzatmoqda.
Job Bellingem, 17 yosh ("Birmingem")
Ha, siz hammasini to'g'ri tushundingiz: bu "Borussiya" va Angliya terma jamoasida muvaffaqiyatli o'ynayotgan Jud Bellingemning ukasi. Jobning istedodi akasinikidan kam hisoblanmaydi. OAVda uning Judning oldiga, yani "Borussiya"ga o'tishi mumkinligi haqida xabar chiqqan, unga shuningdek "Liverpul" va "Man Siti" qiziqish bildirgan. Katta Bellingemning qanday muvaffaqiyatli o'ynayotganini hisobga olsak, Job ham top-darajali o'yinchi maqomiga chiqishi mumkin. Poziciya bo'yicha uka biroz hujumkorroq. Job hozircha "Birmingem"da unchalik ko'p o'ynamayapti, ammo Jud ham "Borussiya"ga o'tganidan so'ng ochilgandi. Yosh Bellingemning o'sishini kuzatish qiziq bo'ladi.
Momo SHo, 18 yosh ("Real Sosedad")
Ro'yxatimizdagi yana bir francuz. Momo SHo ingliz ildiziga ham ega, shu sabab u ikki termadan birini tanlashi mumkin. SHo yozda "Real Sosedad"ga o'tdi va u erda 11ta o'yinda o'z hisobiga "1+3"ni yozdirib qo'yishga ulgurdi. Momo hujum qanotida ham, markazda ham o'ynashga qodir. Transfermarkt uni 15 mln evroga baholamoqda. Qiziqarli jihati, SHo Franciyaning 21 yoshgacha bo'lgan termasida o'ynamoqda, aniqrog'i o'zidan uch yoshga katta bo'lgan o'yinchilar bilan!
Jeymi Bayno-Gittens, 18 yosh ("Borussiya", Dortmund)
Bayno-Gittens va SHo birgalikda Angliyaning 16 yoshgacha bo'lgan termasida o'ynashgan. Yakunda Momo Franciyani tanlagan, Jeymi esa Angliya uchun o'ynashda davom etgan. Bayno-Gittens yarim yil oldin Jeydon Sanchoning yo'lini takrorlagan holda, "Man Siti"dan Dortmundning "Borussiya"siga o'tdi. Jeymi hozircha faqatgina yangi jamoasiga ko'nikmoqda, barchasiga qo'shimcha ravishda adaptaciyasiga elkasidagi jarohat halaqit berganini aytish mumkin. SHunga qaramay, Bayno-Gittens Bundesligada bitta gol urdi. Angliya uchun g'alabali 19 yoshgacha bo'lgan Evropa chempionatida Jeymi jamoa etakchilaridan biri edi. Agar Bayno-Gittens "Borussiya"da ko'proq o'yin amaliyoti olsa, yangichasiga porlashi hech gap emas. Unda hujum qanotidagi o'yinchi uchun kerak bo'lgan barchasi, aniqrog'i tezlik, texnika va qarorlar qabul qilishdagi nostandartlik bor.
Andrey Santos, 18 yosh ("CHelsi")
Butun dunyo braziliyalik hujumkor o'yinchilarga o'zgacha etibor qaratmoqda, ammo boshqa poziciyalarda ham yosh yulduzlar bor. Masalan, Andrey Santos - "Vasko da Gama"dan "CHelsi"ga o'tgan 18 yoshli markaziy yarim himoyachi. Bu "box-to-box" xavbeki, u hujumda ham, mudofaada ham birdek yaxshi. Santosni uslubi bo'yicha Fred yoki Lukas Paketa bilan solishtirish mumkin. Bunday futbolchi "CHelsi"ga aniq as qotadi. Savol shundaki, u birdan "aristokratlar" safida o'ynaydimi yoki avvaliga ijaraga yo'l oladimi.
Rasmus Xoylund, 19 yosh ("Atalanta")
"Atalanta" 2022 yilning avgustida "Kopengagen"ga Rasmus Xoylund uchun 17 mln evro to'ladi. 19 yoshli daniyalik birdan uning transferiga sarflangan pullarni oqlashni boshladi. u 13ta o'yinda uchta gol va bitta assist qayd etdi - boshlanishiga yomon emas! Xoylund Daniya terma jamoasi safida Millatlar ligasida debyut qildi, ammo JCH-2022ga bormadi. Xoland bilan taqqoslashdan esa hech qaerga qochib bo'lmaydi: familiyalar o'xshash, ikkisi ham Skandinaviyadan, hujum markazida o'ynashadi va chapaqay.
Romeo Laviya, 19 yosh ("Sautgempton")
Bizning top-10'imizga "Sautgempton"dan Romeo Laviya ham kiradi. Ushbu yarim himoyachiga hali klubga Andrey Santos o'tguniga qadar "CHelsi" qiziqqandi. Romeoga esa jarohat halal berdi: u sonidagi muammo sabab deyarli to'rt oyni o'tkazib yubordi. Britaniyalik jurnalistlar Laviyani APLning eng istiqbolli o'yinchilaridan biri deb hisoblashmoqda. Romeo jarohatlardan qochib, barqaror tarzda "Sautgempton"da o'ynay olsa, top-klubda paydo bo'lish ehtimoli katta.
Nikolay Egorichev maqolasi
Alisher Ostonov tarjimasi
Fikrlar