"Real"ning sobiq himoyachisi vafot etdi

19 apr 2020, 23:07
Madridning "Real" klubi rasmiy saytida jamoaning sobiq futbolchisi Aurelio Kampaning o'limi haqida ma'lum qilindi.

Himoyachi o'tgan asrning elliginchi yillarida "qirollik klubi" sharafini himoya qilib, 2 chempionlik va Lotin kubogining (1949-1957 yillarda Fransiya, Italiya, Portugaliya va Ispaniya klublari o'rtasida o'tkazilgan musobaqa) qo'lga kiritilishida o'z hissasini qo'shgan.

Kampa 86 yoshda edi, o'lim sababi oshkor qilinmadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Footboom