So’nggi yangiliklar

14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  1 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  1 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  0 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  47 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  11 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  2

"Real"ning raqibi kim bo'larkin... Yangiliklar

"Real"ning raqibi kim bo'larkin...

Teglar :  RomaLiverpul
Bugun ECHLning ikkinchi finalchisi aniqlanadi.

Roma – Liverpul
CHorshanba, 23:45. Rim, "Olimpiko". Bosh hakam –
Damir Skomina (Sloveniya).
Maydonga tushmaydi:
Karsdorp, Defrel, Perotti, Strootman –  Matip, Oksleyd-CHemberlen, Jan.

"Roma" chorak finalda "Barselona" bilan bahsda mo'jiza ko'rsatgani tufayli bugungi bahsga bo'lgan intriga yo'qolmadi. Rimliklar so'nggi daqiqalargacha kurashishni ko'rsata oldi.

Liverpuldagi bahsning ilk daqiqalari "Roma" uchun juda qiyin o'tdi. Jamoa 2:0dan keyin taslim bo'lgandek ko'rindi va tezda yana 3 gol qo'yib yubordi.

"Liverpul"ning hujumi juda yaxshi ishlaydi. Klopp o'z jamoasida hujumkorlikni shakllantira oldi. SHuningdek himoya ham yaxshi o'ynaydi. Ammo "Roma" ham shu bosqichgacha etib kelgan ekan, ulardan ko'p narsani kutsa bo'ladi.

TAXMINIY TARKIBLAR

QIZIQARLI FAKTLAR

- Oldin "Roma" ECHLning shu bosqichigacha bir bora etib kelgan. 1983/84 yilgi mavsumda jamoa finalda jonajon "Olimpiko"sida "Liverpul"ga mag'lub bo'lgandi.

- "Liverpul" esa yarim finalga to'qqizinchi marta, 2007/08 yildan keyin ilk bora etib keldi. 

- Rimliklar APL jamoalariga qarshi o'tgan so'nggi 5 bahsning 4tasida g'alaba qozongan.

- "Roma" bu mavsum ECHL pley-offidagi ilk bahsida mag'lubiyatga uchrab, keyingi bahsda g'alabaga erishib, finalga chiqa olgan yagona jamoa. Bunday holatni ular ikki bora takrorlashgan. 1/8 finalda ular "SHaxtyor", keyinchalik "Barselona" taslim etildi.

- "Liverpul" evrokuboklarda Italiya jamoalari bilan 26 bora to'qnash kelgan: 10 g'alaba, 5 durang, 11 mag'lubiyat.

- "Liverpul" evrokuboklardagi so'nggi 18 safar uchrashuvining 5tasida g'alaba qozongan.

O'ZARO O'YINLAR

Jamoalar o'zaro 6 bora to'qnash kelishgan. SHularning 3tasida "Roma", 3tasida "Liverpul"ning qo'li baland kelgan. 1 bahsda g'olib aniqlanmagan.

30.05.1984 Roma – Liverpul 1:1 (pen. ser. 2:4).
15.02.2001 Roma – Liverpul 0:2
22.02.2001 Liverpul – Roma 0:1
05.12.2001 Roma – Liverpul 0:0
19.03.2002 Liverpul – Roma 2:0
24.04.2018 Liverpul – Roma 5:2

JAMOALARNING SO'NGGI O'ZARO O'YINI

Angliya. Liverpul. Stadion "Enfild". 51 236 tomoshabin
Bosh hakam: Feliks Brix (Myunxen, Germaniya)
"Liverpul" (Angliya) - "Roma" (Rim, Italiya) 5:2
Gollar:
Saloh 35, Saloh 45, Mane 56, Firmino 61, Firmino 68 - Jeko 81, Perotti 85 (pen.)
"Liverpul" (Angliya): Karius, Lovren, van Deyk, Robertson, Arnold, Saloh (Ings 75), Milner, Oksleyd-CHemberlen (Veynaldum 18), Xenderson, Mane, Firmino (Klavan 90+3)
"Roma" (Rim, Italiya): Alisson, Manolas, Kolarov, Jezus (Perotti 67), Fasio, Florenci, De Rossi (Gonalon 67), Strootman, Under (SHik 46), Naynggolan, Jeko
Ogohlantirish: Arnold 39, Lovren 74, Milner 85 - Jezus 26, Fasio 88

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика