So’nggi yangiliklar

09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  0 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  1 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  2 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  4 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  9 07:30Эрон ОАВ. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  11 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  25 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6

"Real"ning kechirilmas xatosi Yangiliklar

"Real"ning kechirilmas xatosi

Teglar :  RealEden Azar
Krishtianu Ronaldu "Yuventus"ga o'tganidan keyin "Real" uning o'rniga boshqa top-futbolchi olib kelishiga kamchilik inson ishonmagandi.

Matbuotda Kilian Mbappe, Neymar, Robert Levandovski, Xarri Keyn, Paulo Dibala, Mauro Ikardi va boshqa futbolchilarning nomlari ko'p yangradi. Biroq ulardan ko'ra ko'proq Eden Azarning ismini eshitdik.

Belgiyalik dahoni "Real" porlayotgan Ronaldu va Zidan vaqtidayoq qo'lga kiritmoqchi bo'lgandi. Franciyalik murabbiy uning xizmatlariga qiziqish bildirdi va bir maydonda Eden va Krishtianuga joy topa olishiga ishonardi.

"Zamonaviy futbolda Ronaldu va Messining o'zgacha qiymati bor. Biroq barchadan ko'ra menga Eden Azarning o'yinlari yoqadi. Uning maydonda qilayotgan ishlarini ko'rib, zavq olaman. Azarning o'zini tutishi va vaziyatlarda tezkor qaror chiqarishidan xayratlanaman. Uning rivojlanishini doimo kuzatib boraman", - degandi Zidan 2015 yilda.

Zidanning "Real"dan ketishiga sabablardan biri shunday bo'lgan ekanki, klub prezidenti Florentino Peres Azar bilan shartnoma imzolanishiga qarshi chiqqan. Ammo bularning barchasi mish-mish. Ammo Edenning Ispaniyaga ko'chib o'tish istagi borligi ayni haqiqat edi. U Jahon chempionatidan keyin matbuot anjumanida "Real"ga o'tmoqchi ekanligini aytdi.

Azarning "Real"ga o'tmasligiga bir necha sabablar bor. Ayrim xabarlarga ko'ra, "ko'klar" o'z etakchisi uchun 200 mln funt talab qilgan. Bu summa Peres uchun qimmatlik qilgan va u muzokaralarni to'xtatib qo'ygan. Yana aytilishicha, Peres Azarning kelishini unchalik istamagan va ishlarni paysalga solib yuravergan. Yana ham bilmadik.

"Real"ning Azardan voz kechishiga yana bir sabab sifatida rahbariyat Ronalduning soyasida qolib ketganlarga imkoniyat berishni istagan. Peres vinger Marko Asensioning rivojlanishini va jamoaning etakchisi Isko bo'lishini xohladi.

Yangi mavsumda Sarri boshchiligidagi "CHelsi"da Azar yanada yorqinroq o'yin ko'rsatmoqda. Va shu orqali u "Real"ning ishtiyoqini qaytargan bo'lsa ajabmas. 27 yoshli belgiyalik bu mavsumda "CHelsi"ning 8 golida ishtirok etdi. O'zi 6 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi. U bularning barchasini 7 o'yinda bajardi!

Bu vaqtda "Real"ning hujumdagi ishlari yaxshi emas. Madridliklar LaLiganing dastlabki 7 turida atigi 12 gol kiritishdi. Bu esa ligadagi uchinchi natija bo'lib turibdi. Jamoa "Barselona" (18 gol) va "Sevilya"dan (16 gol) ortda qolayotgan bo'lsa, "Selta" bilan bir xil natijaga erishishgan. Azar esa "Real" gollari yarmini kirita oldi.

Balki Asensio o'z o'yinlari, xatti-harakatlari bilan Peresning ishonchini qozona olmayotgandir. Ispaniyalik futbolchi bu mavsumda LaLigada 7 o'yinda 618 daqiqa harakat qilib, birgina gol urdi va bir golga assistentlik qildi. Demak, mavsum endi boshlangan bo'lsa-da, Peresning ishonchi oqlanmayapti.

Garchi futbolchi "CHelsi" bilan shartnoma imzolashi borasida mish-mishlar ko'payayotgan bo'lsa-da, u hali ham kelishuvga imzo chekkanicha yo'q. Uning amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar davom etadi, ammo uning ertangi kuni borasida bir nima deyish qiyin. Tushunarliki, uning Ispaniyada faoliyatini olib borish istagi juda ham kuchli. Ammo "Real" Azarni sotib olish uchun ishlarni davom ettirarmikin? Peres va Lopetegi endi o'tgan yozni eslashi va Azarni sotib olmay qanday xato qilganligini bilib turgani aniq.

"Real" - sovrinlar yutish uchun yaratilgan klub. Ammo jamoaning hozirgi holati unchalik yaxshi emas. Ularga Azar kabi etakchi kerakligi aniq.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика