Realning eng yaxshi 11 tarbiyalanuvchisi
07 noy 2016 07:00
Yangiliklar
Realning eng yaxshi 11 tarbiyalanuvchisi
2005 yil 30 sentyabr sanasining Real tarixidagi o'rni alohida. Zero, aynan shu kuni Syudad Real Madridning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tgandi. Vaqt o'tgan sayin esa akademiya kengaydi, zamonaviylashib bordi. Bugunga kelib, Syudad Real Madridda nafaqat mashg'ulotlar maydoni, balki maktab, dam olish maskani, mamuriyat ofislari va albatta, Madrid afsonasi - Alfredo Di Stefano nomidagi o'yingoh ham bor.
Antonio Adan
Jamoa tizimida 6 yil - 2004 yildan 2010 yilgacha ishlash orqali Adan umrining malum qismini Adan Realga bag'ishladi. Va, nihoyat, 2010 yili u birgina imkonga ega bo'ldi - 1-jamoadan o'rin oldi hamda asosan kubok o'yinlarida bo'lsa-da, maydonga tushdi. Antonio o'zi istamagan holda Mourino va Kasilyas o'rtalarida kelib chiqqan nifoq guvohiga aylandi. Arbeloa Ikerga jarohat etkazganida esa Adan maydonga tushib, darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Keyingi bahsda Mourino yana Antonioni darvozaga qo'ydi. Bu uchrashuvni ham Adan alo darajada o'tkazganini ko'rgan Joze posbonni eng yaxshi so'zlar bilan maqtagan bo'lsa-da, baribir, darvozadagi 1-raqam sifatida Diego Lopesni ko'rdi.
2012 yili Real Antonioga nisbatan maqbul bo'lgan shartlarda shartnoma taklif etdi, ammo Adan Kalyariga o'tishni maqul ko'rdi. Sardiniyada esa unga mutlaqo ishonch bildirishmadi: Kalyari tarkibida Adan bor-yo'g'i 2 bor rasmiy o'yinlarda ishtirok etdi va 4 to'p o'tkazib yubordi. 2014 yili Betis Adanga taklif bilan chiqdi va shu tariqa u Ispaniya klubida paydo bo'ldi. Antonioning Betisda to'p surgan davri jamoa uchun og'ir paytga to'g'ri kelgan bo'lsa-da - klub segundaga ravona bo'ldi, Antonio primeraning eng yaxshi darvozabonlaridan biri sifatida etirof etildi; bundan tashqari, tarkibda Ruben Kastro, Xoakin kabi tajribali futbolchilar bo'lishiga qaramay, Adan sardorlik bog'ichining egasidir.
Daniel Karvaxal
Umuman olganda, Karvaxal Real afsonalaridan biridir. Aynan u, 14 yoshida Alfredo di Stefano bilan birga Real sport bazasining birinchi g'ishtini qo'ydi. Dani 2010-yillardagi Oltin Kastiliyaning ramziga aylandi. Ajoyib o'yinlari bilan Bayer farmacevtlarining etiboriga tushdi, bir mavsumda Leverkuzenning etakchi futbolchisi sifatida tanildi, Bundesliganing eng yaxshilaridan biri bo'ldi. Karvaxal hujumga o'z vaqtida qo'shilib keta olishi, qatiyati, yakkama-yakka kurashlardan qo'rqmasligi bilan ajralib turadi.
Diego Lorente
Ispan primerasining muxlisi bo'lmaganlarga bu nom yaxshi tanish emas. Zero, Diego endigina 23 yoshda va aynan uning timsolida hozirdanoq Pepening izdoshini ko'rishmoqda.
Realni tark etganidan so'ng, Lorente Xamesning Rayo Valekanosiga yo'l oldi va u erda himoya chizig'ining asosiy o'yinchilaridan biriga aylandi. Rayo tarkibida 33 bor maydonga tushib, 2 to'p kiritdi, hujumda bir talay foydali yumushlarni bajardi. Yakuniy xulosalarga ko'ra, aynan Lorente segundaga yo'l olgan Rayoning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Hozirda Diego Malaganing stabil o'yin ko'rsatayotgan futbolchilaridir. Realda esa yangilanishlar nafasi ufurmoqda - Pepe 33, Ramos esa 30 yoshda, jamoaga yangi qon kerak. Portugaliyalik yozgi transferlar davrida klubdan ketishi va uning o'rniga Lorentening qaytishi kutilmoqda. U esa Ramos, Nacho va Varanlar bilan asosiydagi o'rin uchun kurash olib boradi.
Nacho Fernandes
Nacho o'zi to'p surgan barcha yoshdagi jamoalarning sardori bo'lgan, jumladan, Kastilyaning ham. Fernandes - tish-tirnog'i bilan madridlik va har qanday sharoitda ham Realni tark etish niyatida emas. Zero, bungacha unga Angliya va Italiyadagi Roma singari anchayin sarmoyali klublardan takliflar bo'lgan bo'lsa ham. Nacho maydondaligida himoyada ham, hujumlar tashkil etilishida ham tengsiz. Bernabeu ham uni qadrlaydi! Eng hayratlanarli tomoni, Nacho Real asosiy tarkibining doimiy o'yinchisi emasligiga qaramay, Ispaniya termasiga chaqiruvlar olayotganidir.
Markos Alonso
Real tizimida Markos 9 yildirki faoliyat olib boryapti va bu jarayon 20 yoshli yigit Kastilyada muvaffaqiyatli mavsumni o'tkazib, Boltonni ham zabt etish uchun yo'l olganida boshlangandi. Vaqtlar kelib esa u jamoaning etakchilaridan biriga aylandi. 2013 yili Alonsoning to'riga nisbatan kattaroq baliq ilindi - Italiyaning Fiorentinasi. Ular esa Markosni dastlab, Gustav Poyetning Sanderlendiga ijaraga berib yuborishdi va mazkur klubda Marko jismoniy jihatdan chiniqdi. Angliyadagi ijaradan so'ng, Alonso Fiorentinaning etakchisi bo'ldi, 58 o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi. Nihoyat, joriy yil avgustida yigitni 27 million evro evaziga Londonning CHelsi jamoasi xarid qildi.
Dani Parexo
2006/2007 yillar mavsumida Parexo Kastileda debyutini o'tkazdi. Alfredo Di Stefano yosh iqtidor egasini maqtashga xasislik qilmadi, ammo u Realda mustahkamlanib qola olmadi: bor-yo'g'i 5ta unchalik ham muhim bo'lmagan o'yinlarda maydonga tushdi. Keyin Britaniyaning KPR jamoasidagi davr, Xetafe tarkibida maydonga tushishlar va nihoyat, Valensiyaga taklif. Uchar sichqonlar esa evrokuboklarning doimiy ishtirokchilaridir; vaqtiki kelib esa Dani jamoa o'yiniga moslashib oldi va jamoa etakchilari qatorida tilga tushdi, malum fursat o'tganidan so'ng sardorlik bog'ichiga ega bo'ldi. 2015 yili nomalum sabablarga ko'ra, Valensiya murabbiyi Gari Nevill Parexodan bog'ichni olib qo'ydi va sardorlikni Pako Alkaserga munosib ko'rdi. Nevill bo'shatilgach, Alkaser ham ketdi, ammo bog'ich Daniga qaytmadi.
Joriy yilning yozida Xorxe Sampaoli Parexo Sevilyaga chorladi, Danining o'zi ham bunga qarshi emasdi, biroq Valensiya marvariddan ayro bo'lishni xohlamadi. Ayesteran bo'lsa futbolchidagi yoshlikning qaynoq qonini sovutish maqsadida uni malum muddatga yoshlar tarkibiga qo'shib qo'ydi.
Xuan Mata
Realning barcha yoshlar tarkibidagi yulduz, uning nomi allaqachonlardan beri ispan muxlislari tilida edi. Jahon miqyosidagi tanilish esa Mataga Ispaniyada emas, tumanli o'lkada nasib qildi; endi esa ko'pchilikka Xuan Britaniyada tavallud topganday tuyulmoqda. Kastilyadan u 2007 yilda ketdi - Valensiyada mahalliy muxlislar yuragini zabt etdi. Ajablanarli tomoni, Real shundayin iqtidorni ortga qaytarmaganidir. Valensiyadan so'ng Mata ko'tarildi - CHelsiga o'tdi va Joze Mourinoning Stemfordiga qaytguniga qadar etakchilar safida bo'ldi. Hozirda Mata Manchester Yunaytedda va Mourino Mata shaniga iliq gaplar aytishdan to'xtamayapti ... Ha, hayotda nimalar bo'lmaydi deysiz.
Darvoqe, Mata 2010 yildayoq butun Ispaniya bilan JCHdagi g'alabani nishonlagandi, 2 yildan keyin esa aynan Xuan Visente Del Boske jamoasining Evropa chempionatidagi g'alabasiga tamal toshini qo'ydi. SHuningdek, Mata JCH-2014 zayavkasiga ham kiritildi, ammo malum sabablarga ko'ra, termadagi o'rnidan ayrildi va Evro-2016ga ham bormadi.
Xose Mariya Kalexon
Bir qarashda janr klassikasiday: Kastilya - transfer - Real. Kalexonda barchasi shu scenariy asosida kecha boshlagandi: dastlab, kanteredagi ajoyib natija, so'ng Espanolga transfer - yana hayratlanarli o'yin, klubning etakchilari safidan o'rin olish va qadrdon o'lkaga qaytish. Biroq, malum bo'lishicha, hammasi bu darajada oddiy emas ekan: qatorasiga uch mavsumdirki Kalexon zahiradagi futbolchi bo'lib qolishga majbur va so'nggi daqiqalardagina maydonga tushirilmoqda yoki 90 daqiqa maydonda to'p surish, biroq kubok o'yinlarida.
Faqat bir narsani qayd etish lozim: Kalexon madridliklar zahira o'rindig'ida uzoq o'tirib qoldi, shunday ekan, hech bo'lmagandan kech bo'lgani afzal deyishganiday, jamoani tark etish davri keldi. Neapolga ko'chib o'tish esa kutilganidan omadliroq kechdi: 115 o'yinda Xose 35 ta gol urdi! 2016 yilda esa 29 yoshli futbolchi uzoq kutgani - Ispaniya termasiga chaqiruv oldi. Endi Kalexon JCH-2018 saralash o'yinlarida o'zini ko'rsatish imkoniga ega.
Lukas Vaskes
Kanteraning yana bir yulduzchasi, hozirda Madridda etakchi o'rinlarda. Uning tarixi ham klassik darajada: Kastilyada ajoyib o'yin, Espanolga ijara va Realning birinchi jamoasiga yo'l. Kataloniya klubida Vaskes Korneli El Pratning suyuklisiga aylandi. SHuningdek, Vaskes Ispaniya termasidan Isko, Saulya, Xesusa Navasa va Matularni siqib chiqarishga muvaffaq bo'ldi. Lukas qanotlarda ajoyib o'yin ko'rsatmoqda va stabil ravishda o'yin amaliyotiga ega bo'lyapti. Vaskesning bugungi holatidan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, u so'zsiz Realning kelajagidir.
Xese Rodriges
Futbolchi, qo'shiqchi va shunchaki yaxshi odam - bu so'zlarning barchasi shak-shubhasiz Xese Rodrigesga tegishli! O'z vaqtida Rodrigesni Real akademiyasi tarixidagi eng yaxshi tarbiyalanuvchi deyishgan, Neymar bilan solishtirishgan ham. CHindan ham, Xese texnikaga boy, reaktiv tezlikka ega, zarbasi o'ta kuchli. Birinchi jamoaga uzil-kesil o'tganidan so'ng yosh kanterano asta-sekin asosiy tarkibdan muqim joy ola boshladi, uni hatto ijaraga berib yuborish yoki sotib yuborish haqida o'ylashmadi ham. Aytish mumkinki, Xese shu paytgacha hech kimga nasib etmagan imtiyozlarga ega edi. Ammo dahshatli fojia yuz berdi: Rodriges jarohat oldi va uzoq muddatga o'yindan chetda qoldi. Oylar o'tgan sari esa Madridda bir qancha yangiliklar ro'y berdi: jamoaga yangi futbolchilar - Xesega to'g'ridan-to'g'ri raqobat qila oladigan o'yinchilar taklif qilindi. Salomatligini to'liq tiklaganidan so'ng unga o'yin amaliyotini ham tiklash uchun ko'pgina vaqt talab qilardi. SHu munosabat bilan, shu yilning yozida Xese Parijga ko'chib o'tdi va Unay Emerining loyihasidan joy oldi.
Alvaro Morata
Moratani ham boshqa klublarda etarlicha tajriba olgan futbolchilar sirasiga kiritish mumkin. Alvaro 2010 yildagi Oltin Kastilyaning eng yaxshi hujumchisi va bombardiri edi, ammo Mourino unga bahs nihoyasiga etishiga 15-20 daqiqa qolganida imkon berishdan boshqasiga yaramadi. Morata esa professional futbolchi sifatida nimalarga qodir ekanligini ko'rsatishdan charchamasdi: to'p kiritar, to'p oshirar, ammo hech kim unga jiddiy etibor qaratmasdi.
Oxir-oqibat, yosh ispaniyalik chiday olmadi: Yuventusdan taklif olgach uzoq o'ylab o'tirmay, uni qabul qildi. Madridlik ayyor bosslar esa vaziyatlarning ehtimoliy rivojlanishi barcha variantlarini ko'rib chiqishgandi - jumladan, shartnomaga kanterano Turinda alo darajada o'yin ko'rsatganida uni qaytarib olish imkonini ham. Alvaro haqida nima deyish mumkin? U avvalo professional, jonajon klubini CHL yarim finalidan chiqarib yubordi. Haqiqiy jentlmenlar kabi o'z jamoasiga kiritgan birorta to'pini nishonlamadi. Yuventusda o'tkazgan 2 mavsum davomida Alvaro haqiqiy bombardirga aylandi, Evro-2016da Ispaniya tarmasiga chaqiruv oldi. Joriy yil yozida Real o'z yulduzchasini qaytarib oldi va endi Alvaro Benzemaga munosib raqobatchi sanalmoqda.
Fikrlar