"Real"ga "Bavariya"ning himoyachisi kerak

Mirjalol Normatov
30 sen 2018, 13:13
"Real" "Bavariya"ning yetakchi futbolchisi David Alabaning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Football Espana xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" rahbariyati 26 yoshli avstriyalikni qishki transferlar oynasi vaqtidayoq olib kelishni rejalashtirishmoqda. Bu mavsumda Alaba "Bavariya" tarkibida 8 o'yinda qatnashib, 2 golga assistentlik qilishni uddaladi.

Oldinroq Alabaning xizmatlariga "Barselona" tomonidan qiziqishlar borligi aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana