"Real"da yordamchi murabbiy bo'lib ishlagan mutaxassis "Valensiya" klubini boshqaradi

11 sen 2019, 20:58
Xabaringiz bor, bir necha daqiqa oldin "ko'rshapalaklar" ustozi o'z lavozimidan ozod etilgani ahqida ma'lumot bergandik.

"Valensiya" bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi


Endi jamoa rahbariyati klubga Albert Selades murabbiy etib tayinlanganini e'lon qildi. Klub u bilan 2021 yil iyun oyiga qadar shartnoma tuzdi. Selades avvalroq "Real" sobiq  ustozi Xulen Lopetegining yordamchisi bo'lganini yaxshi eslasangiz kerak. 43 yoshli ispaniyalik mutaxassis bunga qadar Ispaniyaning 16 va 21 yoshgacha bo'lgan o'smirlar hamda yoshlar jamoasini boshqargandi. 


O'xshash yangiliklar


Manba: goal.com