"Real" yozdagi ikki xarid tufayli qishki transferlardan voz kechdi
28 dek 2024 13:09
Yangiliklar


"Real" yozdagi ikki xarid tufayli qishki transferlardan voz kechdi
"Real" bor etiborini yozgi transfer kampaniyasiga qaratadi va qishda futbolchilar sotib olmaydi.
Madridliklarning fikricha, yanvarda tarkibni kuchaytirishga ehtiyoj yo'q, ular mavsum yakunida qanot himoyachilari - Alfonso Devis ("Bavariya") va Trent Aleksander-Arnoldni ("Liverpul") tekinga o'z safiga qo'shib olmoqchi, chunki ular iyunda erkin agentga aylanishadi.
"Real"dagilar jarohatlangan Dani Karvaxal va Eder Militaolarning yo'qligini tez orada safga qaytadigan David Alaba va 21 yoshli Raul Asensio bilan to'ldirishmoqchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Шу риялизация туфайли вазиятлардан чикиб кетвотти.
Атак Мураббийни роли йук батда.
На Зидани на Анчелоттини.
Бу факт!