"Real" Xoland yoki Mbappega pul olish uchun Edegorni sotishi mumkin. "Arsenal" o'yinchini saqlab qolmoqchi
16 mar 2021 12:27
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/625622_original.jpg)
![](/upload/storage/625622_220.jpg)
"Real" Xoland yoki Mbappega pul olish uchun Edegorni sotishi mumkin. "Arsenal" o'yinchini saqlab qolmoqchi
"Arsenal" transfer huquqi "Real"ga tegishli yarim himoyachi Martin Edegorni tarkibda saqlab qolmoqchi.
London klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta norvegiyalik futbolchining o'yinidan xursand. "Arsenal" "Real" bilan yarim himoyachining yana bir ijarasi va futbolchini sotib olish imkoniyatini muhokama qilishga tayyor.
Ko'p narsa "Arsenal"ning moliyaviy holatiga bog'liq bo'ladi. Madrid klubi Erling Xoland yoki Kilian Mbappening xaridiga mablag' izlayotgani sabab Edegorning sotuvini ko'rib chiqishii mumkin.
22 yoshli futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar