"Real" Vinisius Junior uchun 250 mln so'ramoqda. Xaridor kim?
11 noy 2024 20:00
Yangiliklar
"Real" Vinisius Junior uchun 250 mln so'ramoqda. Xaridor kim?
"Real"ning braziliyalik vingeri Vinisius Junior PSJ short-listiga kirdi.
Ispaniyaning "Fichajes" tahririyati franciyaliklar ispan grandiga allaqachon 250 mln evro taklif qilgani haqida yozmoqda. Agar shunday summadagi transfer rasmiylashtirilsa, bu jahon futboli tarixidagi yangi transfer rekordiga aylanadi.
Xabar qilinishicha, "Real" Vinisius Junior bilan xayrlashishni istamayapti, ammo 250 mln evrolik summa hatto Madrid klubi kabi gigantni ham transfer vasvasasiga solishi mumkin. Alohida aytish joiz, transfer borasidag so'nggi so'zni braziliyalik futbolchining o'zi aytadi.
Vinisius Junior 2024/25 yilgi mavsum "Real" safida 17 o'yin o'tkazib, 12 ta to'p kiritdi va 7 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar