"Real" vakillari Peresga o'tgan yilga nisbatan past baho qo'yishdi
28 may 2015 12:12
Yangiliklar


"Real" vakillari Peresga o'tgan yilga nisbatan past baho qo'yishdi
Ispaniyaning "Marca" nashri "Real" vakillaridan 2014/15 mavsum yakunlariga ko'ra prezident Florentino Peresning ishiga baho berishni so'radi.
So'rovnoma natijalariga ko'ra, "Qirollik klubi"dagilar rahbarga ishonishda davom etishyapti, ammo Peres o'tgan yilga nisbatan past baho oldi. Florentino Peres bu mavsum uchun 10dan 6,24 ball oldi. 2011 yilda u 8 ball, 2013 yilda esa 7,37 ball olgan edi. Peres ko'proq ayollardan yuqori baho olgan.

Fikrlar