
O'zbekistondagi muxlislar ko'proq qaysi klublarga muxlislik qilishini hisobga olib, saytimizda ispan grandlari ("Real" va "Barselona")ishqibozlari uchun maxsus bo'lim ishga tushirdik. Endi "Real" va "Barselona" haqidagi qaynoq xabarlar, maqolalar, video va suratlarni shu yerdan topishingiz mumkin. Saytimizga kompyutyerdan kiradigan o'quvchilar sahifaning o'ng tomoniga e'tibor qaratishsa, u yerda "Barselona" hamda "Real" logotiplari tushirilgan maxsus bo'lim mavjud. O'zingiz istagan jamoani tanlab, kerakli yangiliklardan xabardor bo'lasiz.

Saytimizga mobil telefondan kiruvchi o'quvchilar bu bo'limlarni sahifaning pastki qismida, xabarlarning oxirida topishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, bu bo'limlarda e'lon qilinadigan bazi xabarlar, saytdagi asosiy yangiliklar orasida chiqmasligi mumkin. Ushbu ajoyib xushxabarni do'stlaringizga ham etkazing va so'nggi yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling. Saytimiz o'quvchilari uchun qulayliklar, loyihalar yaratishda davom etamiz. Biz bilan qoling!