"Real" va "Barselona" bekor qilingan XCHK tufayli katta mablag' yo'qotadi

Mirjalol Normatov
11 apr 2020, 23:55
"Marca" jurnalistlari bekor qilingan xalqaro chempionlar kubogi turniri sababli "Real" va "Barselona" klublari qancha mablag' yo'qotishini aniqlashdi.

Qayd etilishicha, ikki klub ham taxminan 18 mln evrodan quruq qolishadi. Ikki klub o'zaro o'yin orqali Las-Vegasdagi yangi stadion ochilishida qatnashishlari kerak edi. Biroq koronavirus sababli ushbu tadbir bekor qilindi.

Ayni damd AQSH koronavirus infekciyasidan zararlanganlar soni bo'yicha dunyoda yetakchi bo'lib turibdi. Mamlakatda yarim millionga yaqin inson ushbu infekciyadan zararlangan bo'lsa, 19 mingdan ziyod inson vafot etgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca