"Real TV": "Barselona" raqiblari har 3,8 ta qo'pollik uchun sariq kartochka olishmoqda
22 sen 22:13
Yangiliklar


"Real TV": "Barselona" raqiblari har 3,8 ta qo'pollik uchun sariq kartochka olishmoqda
"Real TV" yana hakamlikni tanqid qilib, qiziqarli malumotni ko'rsatdi.
Madrid klubi kanalida bu mavsum La Ligada "qaymoqranglilar" va ularning raqiblariga sariq kartochkalar ko'rsatilishi statistikasini solishtirdi. Keltirilgan malumotlarga ko'ra, "Real" futbolchilari o'rtacha 6,6 ta fol uchun ogohlantiriladi, raqiblari esa 16 ta fol uchun bir sariq kartochka oladi.
"Real TV" Ispaniya chempionatining boshqa jamoalari o'yinlari bilan holatni solishtirdi: "Barselona" raqiblari har 3,8 ta fol uchun sariq kartochka oladi, "Atletiko"ga qarshi o'ynaydigan futbolchilar 4,2 ta fol uchun. Bu klublar raqiblari eng ko'p jazolanadi, "Real" raqiblari esa eng kam.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Qoida buzilishlarni sariqqa tortadigoni boladi bazan tortmedi
Keyin bazi jamoalar shu darajada pas oʻynashadiki raqiblar qoida buzishga majbur boʻlishadi bu tabiy xolat sifatida qaralishi kk
Bu borada koʻp omillar sabab boʻlishi mumkin.....