So’nggi yangiliklar

13:31Ансу Фати янги клубга ўтишга яқин  2 12:54"Реал" мухлислари учун хушхабар  7 12:25"Манчестер Юнайтед" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  1 11:58Фабрицио Романо: Флориан Вирц "Ливерпуль" билан шартнома имзолади  5 11:25Де Брюйненинг эҳтимолий янги клуби маълум, у Италиядан  6 11:00Роналду ўрнини босадиган беш футболчи: янги авлод юлдузлари  18 10:45“Манчестер Сити“ АПЛдан яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  3 10:18Лука Модрич фаолиятини қаерда давом эттириши мумкинлиги маълум  6 09:50Клаудио Раньери “Рома“да қолади, бироқ бошқа лавозимда  5 09:23"Ал Ҳилол" Бруну Фернандешга ўйлаш учун 72 соат берди. Саудияликлар футболчига қанча ойлик бериши маълум  5 08:54Вирц “Ливерпул“га ўтиб, тарихдаги учинчи энг қиммат трансферга айланади  7 08:26Конте тарихий натижани қайд этди  13 07:55А Сериянинг энг яхши футболчиси аниқланди  5 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  2 07:20Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Жалолиддиновдан иккита, Абдихолиқовдан битта ассист  1

"Real" tarixidagi eng yomon 5 transfer Yangiliklar

"Real" tarixidagi eng yomon 5 transfer

Teglar :  Real
"Real" - futbol tarixidagi eng buyuk jamoalaridan biri.

Bu jamoa har doim o'ziga yuqori maqsadlarni qo'yadi va shu yo'lda qattiq intiladi va bunga erishadi.

"Real"da har davrda dunyoning eng kuchli futbolchilari harakat qilishgan. Ammo, futbolchi transfer qilish borasida "Real"da ham muammolar bo'lib turgan.

5. ANTONIO KASSANO

Italiyalik hujumchi Antonio Kassano uzoq vaqt mobaynida "Real"ning zaxirasida o'tirdi.

U "Roma"dagilar bilan yomon munosabatda bo'lgani uchun, u erdan sharmandalarcha ketdi. 2006 yilda u 5 mln evro evaziga "Blankos" tarkibiga ko'chib o'tdi.

"Real" har doim o'z davrining eng kuchli futbolchilarini sotib olardi. Biroq jamoa bu safar faoliyatida bir mavsum davomida 20ta ham gol kirita olmagan futbolchi bilan shartnoma imzolagani g'alati hodisa bo'lgandi.

Voqealar rivoji salbiy tus ola boshladi. Kassanoning jamoadagi o'yinlari umuman o'xshamadi. U asosiy tarkibga kira olmadi, Fabio Kapello ham unga yordam bermadi va jamoadan "surib chiqara" boshladi.

2006dan 2008 yilga qadar u "Real" tarkibida bo'ldi va jamoa tarkibida 19 uchrashuvda qatnashib, 4 gol kiritdi. U Madrid superklubi uchun umuman kerak bo'lmagan futbolchilar toifasiga kirib qoldi, g'alabalar va chempionlikda uning yordami tegmadi.

SHu orqali u "Sampdoriya" safiga o'tib ketdi.

4. FERNANDO SANS

Sanz 1996 yilga qadar "Real"ning yoshlar tarkibida o'ynadi.

Biroq ispaniyalik futbolchi "Bernabeu"da hech qachon o'zini jamoa uchun kerakli futbolchi deb hisoblamagan. Bundan tashqari, uning otasi Lorenco Sans o'sha vaqtlarda "Real" prezidenti bo'lgan bo'lsa ham, Fernando jamoada o'z o'rnini topa olmadi. Uning o'gay akasi Michel Salgado esa "Real"da o'z yo'lini topib keta olgandi.

Sans 3 mavsum davomida "Real" tarkibida 35 uchrashuvda maydonga tushdi va natijaga tasir qiladigan hech qanday ishni bajara olmadi. O'sha vaqtlarda "Real"ni boshqargan Yupp Xaynkess Fernandoning o'yinlariga ko'p ham etibor bermadi.

Keyinchalik u "Malaga"ga ko'chib o'tdi. Bu klub tarkibida u 7 mavsum harakat qildi va 205 uchrashuvda qatnashdi.

3. JYULEN FOBER

Yana bir g'alati transfer. Foberda g'oliblik ruhi yo'q edi, biroq "Los Blankos" tarkibida o'ynashga loyiq bo'lgandi.

"Vest Xem" bilan shartnoma imzolanganidan keyin u 2009 yilda "Real"ga 6 oyga ijaraga berildi. Biroq u har doim ham asosiy jamoa bilan birga bo'lmadi. "Real" tarkibida faqatgina ikki uchrashuvda maydonga tushdi.

Franciyalik futbolchi "Vilyareal"ga qarshi uchrashuv vaqtida zaxira o'rindig'ida qilgan ishlari uchun qattiq tanqid qilindi. Xo'sh, "Real" uni ijaraga olib, to'g'ri ish qilganmi?

2. JONATAN VUDGEYT

Jonatan Vudgeyt - o'z vaqtida "Real"ning eng yomon transferlaridan biri bo'ldi.

O'zining baquvvat bo'lmagan gavdasi va ketma-ket jarohatlardan keyin u "Bernabeu"ning nafratiga uchradi. U 2004 yilda "Nyukasl"dan 13,4 mln funt evaziga "Nyukasl"dan transfer qilingandi.

Ushbu transfer borasidagi qaror juda yomon bo'lib chiqdi. Vudgeyt "Real"dagi o'z debyutida "Atletik" bilan bahsda zaxiradan maydonga tushgan zahotiyoq o'z darvozasiga gol kiritib qo'ydi. SHu boisdan u jamoaning asosiy tarkibiga kiritilmay qo'ydi. SHuningdek, jarohatlar ham uning o'z mahoratini ko'rsatishiga xalaqit qildi.

U "Real"da 3 mavsumda 14 uchrashuvda qatnashdi va "Midlsbro" tarkibiga ko'chib o'tdi.

1. ROYSTON DRENTE

2007 yilning yozida Roystonning orzulari ushaldi va u "Real" tarkibiga ko'chib o'tdi.

"Los Blankos" uning xizmatlaridan foydalanish uchun "Fenerbaxche"ga 14 mln evro to'ladi. U o'z debyutida shijoatkorlikni namoyish etib, gollandiyaliklarga shunday futbolchi borligini tushuntirgandek bo'ldi.

SHunday bo'lsa-da, yosh Marselo o'yinlarda qatnashishda davom etdi. Jamoa bosh murabbiyi esa Drenteni zaxiraga o'tkazib qo'yaverdi va braziliyalik futbolchini undan afzalroq bildi.

"Deportivo"ga qarshi uchrashuv vaqtida u muxlislar tomonidan hushtakbozlik bilan qarshi olindi va Drente navbatdagi uch uchrashuvda o'ynashdan bosh tortdi.

U keyinchalik "Everton" va "Erkules" jamoalari tarkibida harakat qildi. Royston Drente Madrid muxlislari etiborini qozonmadi va jamoaning tarixdagi eng yomon transferi sifatida joy oldi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: -29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика