"Real" sobiq hujumchisi: "Azar ikki mavsumda deyarli hech narsa qilmadi. Bu "Real" uchun juda katta muammo"
30 iyu 2021 17:16
Yangiliklar


"Real" sobiq hujumchisi: "Azar ikki mavsumda deyarli hech narsa qilmadi. Bu "Real" uchun juda katta muammo"
Madridning "Real" klubi sobiq forvardi Predrag Miyatovich "qaymoqranglilar" yarim himoyachisi Eden Azar haqida gapirdi.
"Men u haqda nima deyishni ham bilmayman. U ikki mavsum davomida deyarli hech narsa qilmadi.
Bu "Real" uchun katta muammo. Zamonaviy futbolda ajoyib o'yinchi bo'lish kamlik qiladi, siz mavsumning tig'iz taqvimiga ulgurishingiz kerak.
Men unga ishonaman, ammo hozirgacha u hech narsa ko'rsatmadi", - deydi Miyatovich.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar