
"Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres va uning hodimlarining fikricha, "Balidos" stadioniga zarar etganiga qaramay, o'yin o'tkazilishi mumkin edi. "Real"dagilarning so'zlariga ko'ra, bu kamchiliklarni uchrashuv boshlangunga qadar bartaraf etsa bo'lardi. Bundan tashqari, "Real" bahsni yaqin oradagi stadionga ko'chirishni so'radi, ammo bu taklif ham rad etildi.
Natijada Peres yana Yevropa Superligasi haqida o'ylab qoldi. Oldinroq ushbu g'oyani "Bavariya" boshqaruv qo'mitasi raisi Karl-Xaync Rummenigge olg'a surgan edi.