"Real" rahbariyati muxlislarga murojaat qildi
15 iyu 2020 00:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/581265_original.jpg)
![](/upload/storage/581265_220.jpg)
"Real" rahbariyati muxlislarga murojaat qildi
Madridning "Real" klubi rahbariyati jamoa muddatidan oldin chempionlikni qo'lga kiritadigan bo'lsa, muxlislardan Plaza de Cibeles maydoniga to'planmaslikni so'radi.
Bu haqida "Qirollik klubi" rasmiy sayti xabar qildi. Mamlakatda koronavirusga qarshi kurash davom etayotgan bir paytda o'n minglab kishilarning bir erga to'planishi yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligi etirof qilingan.
Malumot uchun, "Real" 16 iyul kuni (La Liga, 37-tur) "Vilyarreal"ni mag'lub qilsa Yoki "Barselona" "Osasuna"ga qarshi bahsda ochko yo'qotsa, "qaymoqranglilar"ning chempionligi kafolatlanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar