"Real" qishda katta transferlarni amalga oshirmoqchi
12 noy 2020 11:47
Yangiliklar
"Real" qishda katta transferlarni amalga oshirmoqchi
"Real" qishki transferlar oynasida bir necha xaridlar imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Madridliklarning bosh transfer maqsadi "Borussiya" (Dortmund) forvardi Erling Xoland hisoblanadi. "Real" o'yinchi uchun 75 mln evro, shuningdek Luka Yovichning ikki yillik ijarasini taklif qilishi mumkin.
"Real" shuningdek "Renn" o'yinchisi Eduardo Kamavingganing xizmatlariga qiziqmoqda. "Qirollik klubi" "Renn"ga 50 mln evroni taklif qilib, bitimga shuningdek Mariano Diasni qo'shishi mumkin.
Xoland "Borussiya"ga "RB Zalcburg"dan 20 mln evro evaziga o'tgan edi. Futbolchi joriy mavsum Germaniya chempionatida 6ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Kamavinga esa Franciya chempionatida 8ta o'yinda 1ta gol urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Манчестер Сити" камбэк орқали "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этди, Ҳусанов 61-дақиқада тўқнашувдан сўнг алмаштирилди
Роналду "Ал-Насср" раҳбариятига ультиматум қўйди: ёзда ўзгариш бўлмаса, у клубни тарк этади
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Fikrlar