"Real" o'ng qanot himoyasida kimni o'ynatadi?
21 noy 2024 14:09
Yangiliklar
"Real" o'ng qanot himoyasida kimni o'ynatadi?
"Real" yarim himoyachisi Federiko Valverde "Leganes"ga qarshi La Liganing 14-tur uchrashuvida o'ng qanot himoyachisi sifatida maydonga tushadi.
Bu haqda mashhur ispan jurnalisti Xose Luis Sanches X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Manbaning xabariga ko'ra, urugvaylik futbolchi xochsimon bog'lamini uzib olgani sababli mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradigan Dani Karvaxal va mushaklaridan jarohatlangani tufayli kamida 3 hafta maydonga tusha olmaydigan Lukas Vaskesni almashtirishi kerak.
Avvalroq "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bu joyda braziliyalik Eder Militaoni o'ynatishni rejalashtirgandi, biroq u ham xuddi shunday jarohat tufayli butun mavsumni o'tkazib yuboradi.
Madridning "Real" klubi ayni paytda 27 ochko bilan La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. "Barselona" 33 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди
Fikrlar