"Real" Neymar uchun 105 million evro to'lamoqchi bo'lgandi
25 jan 2014 17:38
Yangiliklar


"Real" Neymar uchun 105 million evro to'lamoqchi bo'lgandi
Kataloniya nashrlari Sport.es va Mundo Deportivo 2013 yilda Madridning "Real" klubi ham Neymarni sotib olishga uringanini isbotlovchi maqolalar chop etdi.
Manbalardagi malumotlarga ko'ra "Real" braziliyalik forvardni o'z safiga qo'shib olish uchun Neymarning otasi boshqaradigan NR Sports kompaniyasiga 2013, 2014, 2015 va 2016 yillar davomida umumiy hisobda 60 million evro o'tkazib bermoqchi bo'lgan.
Undan tashqari, Madrid klubi Neymarning "Barselona"ga o'tish haqidagi vadasini bajarmay, og'zaki kelishuvni bekor qilgani uchun yana 25 million evro alohida to'lashga ham tayyor turgandi. Biroq futbolchining otasi, bu ish uchun "qirollik klubi"dan 40 million evro so'ragan.
SHuningdek, ispan klubi "Santos"ga 10 million, futbolchining transfer huquqiga egalik qilgan DIS kompaniyasiga ham 10 million to'lamoqchi bo'lgan.
"Galaktikos" Neymarning maoshini yiliga soliqlardan tashqari 10 million evro qilib bermoqchi edi. Agar sakkiz yillik shartnomaga imzo chekishga rozi bo'lsa, oylik miqdorini 12 millionga ko'tarmoqchi ham bo'lgan.

Fikrlar