"Real" Mbappe uchun 280 mln. evro to'lamaydi

Aslanov Jasurbek
7 may 2019, 17:33
"Real" PSJ hujumchisi Kilian Mbappe uchun 280 mln. evro to'lamaydi.

Oldinroq, "Qirollik klubi" Zinedin Zidanga transferlar uchun 350 mln. evro ajratishi va "qaymoqranglilar"ning asosiy transfer maqsadi Mbappe bo'lishi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Real" fransiyalik futbolchini bu mablag' evaziga sotib olmaydi. "Real" PSJning qatarlik egasi bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolmoqchi. Bundan tashqari, Mbappening o'zi kelasi mavsum ham PSJda qolishini ma'lum qildi.

Mbappe joriy mavsum Parij klubi safida 41ta uchrashuvda maydonga tushib, 36ta gol urdi va 17ta golli pas berdi. U va PSJ o'rtasidagi bitim 2022 yilda yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC