So’nggi yangiliklar

20:45Артём Довбик Испанияга қайтиши мумкин  0 20:21Эрон Про лигаси. "Истиқлол" ўз уйида мағлубиятга учради, Машарипов қайдномадан ўрин олди  3 20:18"Кристал Пэлас" — "Тоттенхэм". Лондон дербиси учун таркиблар маълум  0 20:10БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Абдуллаев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 19:54"Бавария" икки муҳим ўйинчиси билан шартномани узайтиради  0 19:01Раҳим Стерлингга АПЛдан янги даъвогар пайдо бўлди  0 18:32А Серия. "Милан" ўз уйида "Верона"ни мағлуб этди  2 18:02"Кремонезе" — "Наполи". Таркиблар маълум  0 16:15"Ливерпуль” Родриго учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  2 15:492025 йилнинг "энг яхши ёш футзалчиси" Абдулборий Илёсов: "Бу соврин мени янада кучлироқ қилади"  2 15:22Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Қизилқум"дан устун келди  8 14:58"Челси" Англия ёшлар терма жамоаси сардорини нишонга олди  0 14:26"Милан" ва "Интер" англиялик вундеркинд учун курашмоқда  0 13:41Синайоко "Манчестер Юнайтед"га ўтади  0 13:11“Гулистон” қайта тикланди. Жамоа олдига юқори мақсадлар қўйилган  11

"Real" - "Manchester Yunayted" 2:1 Yangiliklar

"Real" - "Manchester Yunayted" 2:1

Bugun UEFA Superkubogi uchun bahs bo'lib o'tmoqda.

Unda CHempionlar ligasining amaldagi g'olibi Ispaniyaning "Real" klubi Evropa ligasini qo'lga kiritgan Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bugungi bellashuvni saytimiz orqali shu erda matnli tarzda kuzatib borishingiz mumkin.

UEFA Superkubogi
08.08.2017, 23:45
Skope. "Filipp II" stadioni
"Real" - "Manchester Yunayted"2:1 
Bosh hakam:
Janluka Rokki (Italiya)
Qanot hakamlari: Elenito Di Liberatore, Mauro Tonolini (ikkisi ham Italiya)

Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Kazemiro, Isko, Modrich, Beyl, Benzema.

Manchester Yunayted –  De Xea, Smolling, Lindelef, Darmian, Valensiya, Errera, Matich, Mxitaryan, Pogba, Lingard, Lukaku. 

Gol: Kazemiro (24), Isko (52) - Lukaku (62)




MATNLI TRANSLYACIYA


Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Uchrashuv boshlanishiga sanoqli daqiqalar qoldi..

1. DIQQAT. UCHRASHUV BOSHLANDI.

Uchrashuvning dastlabki o'n daqiqasi ortda qoldi.... O'yin "Real" ustunligi bilan boshlansada, Mourino jamoasi asta-sekin tashabbusni o'z qo'liga olishga urinmoqda..

18'. Har ikkala tomon bittadan yaxshi imkoniyatga ega bo'lishdi. Pol Pogba tezkor qarshi hujumdan keyin to'pni sherigiga uzatish o'rniga o'zi zarba berdi. To'p esa himoyachiga tegib qaytdi. Keyingi hujumda Kazimeyronning bosh bilan yo'llagan zarbasini De Xea darvozasi to'sini bilan "salom"lashib, qaytdi.

24' GOOOOLLLLL!!!!! Kazimero nihoyat maqsadiga erishdi. Jamoadoshlari oshirib bergan to'pni Kazimeyro qiyinchilik bilan bo'lsada, "MYU" darvozasiga aniq yo'naltirdi -1:0.



Gol kiritilgan vaziyatda Kazimero ofsayddamidi?! O'zingiz baho bering...


42-daqiqa. Iskoga qo'pollik ishlatgan "MYU" yarim himoyachisi Lingard OGOHLANTIRILDI.

43-daqiqa. XAVFLI VAZIYAT. Karim Benzemaning jarima maydonchasi ichidan erlatib yo'llagan kuchli zarbasini De Xea bartaraf etishga erishdi. 

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI.

46'. IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI...

48' Kroosning ajoyib aylanma zarbasini Dex Xea juda chiroyli tarzda qaytarib yuborishga erishdi. Bravo, De Xea!

GOLLLLL!!! Isko sherigi bilan "devor-pas" uslubida kombinaciya uyushtirdi va to'pni pastki uzoq burchakka qiyinchiliksiz joylab qo'ydi - 2:0



54'. MYU hisobni qisqartirishga yaqin turgandi. Juda yaqin. Dastlab qanotdan uzatilgan to'pni Pogba boshi bilan darvozaga aniq yo'naltirdi. Navas zarbani qaytardi. Lukaku esa yaqin masofadan bo'sh qolgan darvzaga to'pni aniq yo'llay olmadi.O'ta qulay imkoniyatni ko'kka sovuri 75 million funt turadigan Lukaku...

GOLLLLLLL!!!!!!!!!

62-daqiqa. Matichning kuchli zarbasini Navas qaytardi. Bu gal Lukaku darvozabondan qaytgan to'pni darvozaga aniq yo'llay oldi 2:1.. 


74-daqiqa. "Real" tarkibida ikkita o'zgarish: Isko va Beyl o'rniga Lukas Vaskes hamda Asensio maydonga tushdi...

To'p uchun kurashda Fellayni Ramos bilan jiddiy to'qnashib ketdi. SHifokorlar ancha vaqt belgiyalik futbolchiga tibbiy yordam ko'rsatishdi va Fellayni maydonga qaytdi.

83-daqiqa. Karim Benzema o'rniga Ronaldu maydonga tushdi, nihoyat...


84-daqiqa. Karvaxal OGOHLANTIRILDI.

90'. Uchrashuvga 7 daqiqa qo'shib berildi...

90+4'. Markus Reshford OGOHLANTIRILDI.

UCHRASHUV YAKUNLANDI

"Real" - EVROPA SUPERKUBOGI SOHIBI!

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика