So’nggi yangiliklar

01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  1 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  3 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  1 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  1 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  4 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  42 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4

ECHL. “Real” irodali g'alabaga erishdi, Ronaldudan dubl Yangiliklar

ECHL. “Real” irodali g'alabaga erishdi, Ronaldudan dubl

Teglar :  PSJReal Madrid
ECHL doirasida nimchorak final bosqichidan o'rin olgan o'yinda “Real” PSJni o'z maydonida qabul qildi.

“Real Madrid” — PSJ 3:1

Gollar: 0:1 – 33 Rabo, 1:1 – 45, penalti Ronaldu, 2:1 – 83 Ronaldu, 3:1 – 86 Marselo.

“Real Madrid”: Navas, Varan, Marselo, Nacho, Ramos, Modrich, Kazemiro (Vaskes, 79), Isko (Asensio, 79), Kroos, Ronaldu, Benzema (Beyl, 68).

PSJ: Areolya, Markinos, Berchiche, Dani Alves, Kimpembe, Verratti, Lo CHelso (Draksler, 84), Rabo, Neymar, Mbappe, Kavani (Mene, 66).

Ogohlantirishlar: Neymar (14), Lo CHelso (25), Isko (32), Rabo (64), Nacho (78), Mene (90).

Real Madrid

Cristiano Ronaldo - 45', Cristiano Ronaldo - 83', Marcelo - 86'

Champions League Final Stage . 1/8-tur

14/02/2018, 23:45

1
:
3
Tugadi

Paris Saint-Germain

Adrien Rabiot - 33'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 78158 tomoshabin

Bosh hakam: Gianluca Rocchi

45'
90'
33'  Isco
45'  Cristiano Ronaldo
68'  Karim Benzema (Gareth Bale)
78'  Nacho Fernandez
79'  Casemiro (Lucas Vazquez)
79'  Isco (Marco Asensio)
83'  Cristiano Ronaldo
86'  Marcelo
86'  Marco Asensio
15'  Neymar
25'  Giovani Lo Celso
33'  Adrien Rabiot
64'  Adrien Rabiot
66'  Edinson Cavani (Thomas Meunier)
84'  Giovani Lo Celso (Julian Draxler)
90'  Thomas Meunier


Assalomu alaykum, aziz futbol muxlislari! Barchangizni ulkan futbol oqshomi bilan birgalikda ulug' shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomi bilan muborakbod etamiz!

Ekran qarshisiga yaxshilab o'rnashib oling! Zero, bugun sizni daxshatli o'yin kutayotganiga shubhamiz yo'q. Telefoningiz brauzerida esa CA yoniq tursa, aslo xato qilmagan bo'lasiz, ishonavering!

“Real Madrid” — PSJ o'yinining muhim holatlarini matnli translyaciyamizda ham kuzatib borishni taklif qilamiz!

Kuchli jamoaga omad tilab qolamiz!

Krishtianu Ronalduning xitoylik muxlisi

1. Demak boshladik, o'yinga start berildi. 

“Real” kuchli pressing bilan o'yinni boshladi

3-daqiqa. Ronaldudan zarbaa, biroz noaniq ketdi

5-daqiqa. 
Marselo ajoyib tarzda PSJ jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo himoyachilar hushyor

5-daqiqa. Kroosdan zarba, qaytarildi

7-daqiqa. PSJdan ilk hujum va ilk zarba, biroz noaniq ketdi

9-daqiqa. Marselo va Dani Alvesh to'qnashib ketdi. Marselo jarohat olib maydonda yotibdi

Marseloning jarohati jiddiy bo'lib chiqmadi, u maydonga qaytdi

15-daqiqa. Biroz avval to'pni qo'li bilan o'ynagan Neymar, Nachoga qo'pollik ishlatdi va o'yindagi ilk sariq kartochkani oldi

22-daqiqa. O'yinning shiddati pasaydi

25-daqiqa. Veratti xato qildi, Lo CHelso Iskoga qarshi qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi

26-daqiqa. Ronalduning jarimadan yo'llagan zarbasi osmon-u falakka ketdi. Rahmatli, Xojiboy Tojiboevning tabiri bilan aytganda “Turgan joyida tepaga tepdi”

28-daqiqa. Ronalduda yana bir imkoniyat. Birga-bir vaziyatdan gol ura olmadi. Areola yuzlari bilan to'pni qaytardi

Hozircha ustunlik “Real” tomonida

Parallel o'tayotgan o'yinda Yurgen Klopp shogirdlari “Portu” darvozasiga 4 daqiqa ichida 2 ta gol urdi

33-daqiqa. Gooooool. Adrien Rabo darvozani ishg'ol qildi 

37-daqiqa. Ronalduda yaxshi imkoniyat bo'ldi va ammo yana osmonga tepdi, ehhh

38-daqiqa. Kavaniiii. Edinson ikkinchi golni urishiga bir bahya qoldi

44-daqiqa. O'sha “mashhur” Benzemadan ajoyib zarba, Areoladan seyv

44-daqiqa. Penalti PSJ darvozasiga

Gooooool. Ronaldu Kroos tomonidan ishlangan penaltini golga aylantirdi

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha 1:1. Tanaffus qilamiz, aziz muxlislar!

Kirishtianu Ronalduni tabriklaymiz!!! Uning muxlislarini ham, ayniqsa, xitoylik muxlisini))) Ronaldu “Real” uchun ECHLdagi 100-golini urdi. Tabriklar!!!



Birinchi bo'lim statistikasi:

“Real” — PSJ 1:1

Zarbalar: 10-4

Aniq pas: 91%-86%

Xavfli vaziyatlar: 7-2

To'p bilan muomala: 55%-45%

Ikkinchi bo'lim boshlandi

54-daqiqa. Adrien Rabo zarba berdi, to'p yo'liga Ramos qalqon bo'ldi. To'p qo'lga tekkandek ko'rindi

63-daqiqa. Hujumlar kamaydi. Jamoalar ehtiyotkor bo'lib harakatlanmoqda

64-daqiqa. Raboga sariq kartochka. Modrichga ishlatilgan qo'pollik uchun

66-daqiqa. PSJda o'zgarish: Kavani o'rniga Tomas Mene

68-daqiqa. “Real”da ham o'zgarish: Beyl Benzema o'rniga maydonga tushdi

69-daqiqa. Uxxx, Neymar hakamga “zarba” berdi. Neymar tepgan to'p hakam Janluka Rokkining qulog'iga tegdi

76-daqiqa. Uxxx, Berchichening xavfli to'p uzatishi, ammo PSJdan hech kim to'pga tega olmadi

78-daqiqa. Nacho Neymarga qarshi qo'pol o'ynadi va o'z sariq kartochkasini oldi

79-daqiqa. “Real”da o'zgarish: Kazemiro va Isko o'rniga Lukas Vaskez va Marko Asensio tushdi

O'yin yakuniga 10 daqiqa qolmoqda

84-daqiqa. Goooooooooool. Ronalduuuuuuuuuu! Asensioning pasini Areola qaytardi, qaytgan to'pni Ronaldu tizzasi bilan darvozaga joylab qo'ydi

86-daqiqa. Goooooooooool. Marselooooooooo!

Asensioning pasi Marseloning zarbasi, Markinosdan rikoshet va gol. Madrid oldinda 3:1

O'yin o'z nihoyasiga etdi. “Real” muxlislarini g'alaba bilan tabriklaymiz!

Reyting: +152   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика