"Real" Lyakazettning xaridi haqida o'ylamoqda
18 jan 2021 17:16
Yangiliklar
"Real" Lyakazettning xaridi haqida o'ylamoqda
"Arsenal" forvardi Aleksandr Lyakazett APLdan La Ligaga yo'l olishi mumkin.
29 yoshli futbolchining yangi joyi Madridning "Real" klubi bo'lishi mumkin. "Qirollik klubi" yozgi transferlar oynasida forvard uchun "Atletiko" bilan kurashadi.
Lyakazettning "to'pchilar" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Tomonlar shartnomani uzaytirishni rejalashtirishmayapti.
Aleksandr joriy mavsum Angliya chempionati doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urishga erishdi.
Fikrlar