So’nggi yangiliklar

18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  0 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  0 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  2 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  2 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  4 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  3 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  7 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5

"Real" klasikoni oldi. "Barsa" birinchi taymdayoq mag'lub bo'ldi Yangiliklar

"Real" klasikoni oldi. "Barsa" birinchi taymdayoq mag'lub bo'ldi

"Real" ushbu mavsumdagi birinchi klasikoda "Barselona"ni ishonchli tarzda to'xtatdi – 3:1.

Madridliklar birdan nazoratni o'rnatishdi: Toni Kroos 13-daqida o'zining ajoyib va haqiqiy "qirolcha" pasi bilan Vinisiusni Mark-Andre ter SHtegen bilan birga-bir chiqarib yubordi. Braziliyalik gol ura olmadi, ammo Karim Benzema ikkinchi tempda raqibni jazoladi.



"Real" ortga chekindi va ustunlikni Xavi jamoasiga berdi, "Barsa" esa vaziyatni o'nglashga harakat qildi. Levandovskining o'ta qulay vaziyatdan foydalana olmaganidan tashqari, darvoza chizig'i oldida boshqa xavfli vaziyat yarata olishmadi. 35-daqiqada esa Kataloniyadan kelganlar ikkinchisini ham qabul qilib olishdi.




Bu hujum ham tezlik bilan maydon markazida tashkil etildi. Fede Valverdening yakka o'zi jarima maydonchasi ostonasida yolg'iz qoldirildi, u bemalol to'pni o'ziga o'nglab oldi va Ter SHtegen qo'riqlayotgan zarbani ishg'ol qildi.



"Barsa" ikkinchi taymda ko'proq hujum qildi, Ferran Torres 83-daqiqada hatto bitta gol ham urishga erishdi va o'yin so'nggida intrigani qaytardi. Ammo, kataloniyaliklar undan ko'prog'ini qila olishmadi: Erik Garsiyaning folidan so'ng, Rodrigo penaltidan gol urgan holda, "Barsa"ni taslim etdi.


Adolatli 3:1 hisobi.


"Real" – etakchi va mag'lubiyatlarsiz ketmoqda. "Barsa" esa ilk mag'lubiyatni qabul qilib oldi


"Barselona" chempionatda ilk bor yutqazdi, "Real" esa yaqqol etakchiga aylanib oldi.


• "Real" 14ta o'yinda 12tasini o'ziniki qildi – bu jamoaning so'nggi besh yildagi eng yaxshi starti. Madridliklar barcha musobaqalarda ketma-ket 17ta o'yindan beri mag'lubiyatga uchrashmayapti. 1928 yildan beri mavsumni bu qadar yaxshi boshlashmagandi.


• Bu klasikoda "Real"ning 101-g'alabasi, "Barsa" hali yuztalikka etmadi – 97ta g'alaba va 52ta durang. "Madrid" so'nggi 11ta klasikodan 6tasida g'alaba qozondi, "Barsa"da esa 3ta g'alaba.



• Xavi "Barselona" bosh murabbiyi sifatida uchtadan ikkinchi klasikosini boy berdi. U yanvarda Ispaniya Superkubokida mag'lub bo'lgandi, martda esa "Santyago Bernabeu"da 4:0 hisobidagi g'alaba esa barchaning esida bor. Ammo, o'sha o'yin chempionlik poygasida yordam bermagan.


• Xavi "Barselona" bilan 50ta o'yinida 28ta g'alabaga erishdi – u dastlabki bosqichdagi statistika borasida Frank Raykarddan so'ng eng yomoni. U 56% bilan esa 2001 yildan beri Lorenco Sarra Ferrerdan keyin eng salbiy natija qayd etmoqda.


VIDEO  LaLiga. "Real Madrid" - "Barselona" 3:1


• Bu gol bugun "Oltin to'p"ni olishi kerak bo'lgan bo'lgan Karim Benzema uchun avgustdan beri birinchisi bo'ldi. Francuz endilikda "Barsa"ga qarshi o'yindagi to'purarlar ro'yxatida afsonaviy Santilyana bilan sakkizinchi o'rinni egallab turibdi. Karim shuningdek ter SHtegenning quruq superseriyasiga ham yakun yasadi – nemis bunga qadar La Ligada 636 daqiqa to'p o'tkazmagandi.


• Qiziqarli fakt: "Madrid" Ferlan Mendi maydonga tushgan payt umuman klasikoni yutqazmayapti – beshta g'alaba va bitta durang. Ferlan kechagi o'yinda shunchalik yaxshi o'ynadiki, Xavi o'sha qanotda o'ynagan Rafinyani o'yindan olishiga to'g'ri keldi.


"Real" – "Barselona" 3:1 (2:0, 1:1)

Gollar: 1:0 – 12 Benzema, 2:0 – 35 Valverde, 2:1 – 83 Ferran Torres, 3:1 – 90, penalti Rodrigo.

"Real": Lunin, Karvaxal (Ryudiger, 88), Alaba, Militao, Mendi, Modrich (Kamavinga, 78), Kroos, Tchuameni, Valverde, Benzema (Asensio, 88), Vinisius Junior (Rodrigo, 85).

"Barselona": ter SHtegen, Serdji Roberto, Kunde, Erik Garsiya, Balde (Alba, 60), Buskets (Gavi, 60), de Yong, Pedri (Kessie, 83), Levandovski, Dembele (Fati, 73), Rafinya (Ferran Torres, 60).

Ogohlantirishlar: Vinisius Junior (30), Modrich (75), Gavi (81), Kessie (90).

Real Madrid

Karim Benzema - 12', Federico Valverde - 35', Rodrygo - 90'

LaLiga . 9-tur

16/10/2022, 20:15

1
:
3
Tugadi

Barcelona

Ferran Torres - 83'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 62876 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Sanchez

45'
90'
12'  Karim Benzema
30'  Vinicius Junior
35'  Federico Valverde
35'  Ferland Mendy
75'  Luka Modric
78'  Luka Modric (Eduardo Camavinga)
85'  Vinicius Junior (Rodrygo)
88'  Karim Benzema (Marco Asensio)
88'  Daniel Carvajal (Antonio Ruediger)
90'  Rodrygo
60'  Raphinha (Ferran Torres)
60'  Sergio Busquets (Gavi)
60'  Alejandro Balde (Jordi Alba)
73'  Ousmane Dembele (Ansu Fati)
81'  Gavi
83'  Pedri (Franck Kessie)
83'  Ferran Torres
83'  Robert Lewandowski
90'  Franck Kessie



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика