"Real" Kataloniyada bir kishi kam bo'lib g'alaba qozondi

3 apr 2016, 01:20
Ispaniya chempionatining 31-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Real" o'rtasidagi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 56-daqiqasida "Barselona" ketma-ket amalga oshirgan burchak zarbasini bu galgisini samarali yakunladi. Rakitich oshirib bergan to'pni Pike boshi bilan darvozaga aniq yo'lladi - 1:0. Pepe bu vaziyatda Pikega javobgar edi. Ammo portugal himoyachisi Pikeni "yopa" olmadi.

Oradan 6 daqiqa o'tgach Marselo-Kroos-Benzema ijrosidagi kombinacion hujumni Karim "chalqancha" uslubdagi goli bilan yakunladi - 1:1. Ajoyib hujum va zargarona gol bo'ldi!

85-daqiqada "Real" bir kishi kam bo'lib "Barselona" darvozasini ishg'ol qildi. Karvaxal-Xese-Beyl-Ronaldu "kvarteti" uyuishtirgan chiroyli hujumni Kriro juda chiroyli yakunladi. Ronaldu to'pni jarima maydonchasi ichida qabul qilib oldi va bemalol o'z ishi, yani golni kiritdi - 1:2.


Ispaniya chempionati, 31-tur. Turnir jadvali

Barselona – Real Madrid 1:2 (MATNLI TRANSLYATSIYA)

Gollar:
Pike 56, - 1:0.Benzema 62, - 1:1.Ronaldu 85, - 1:2.

Barselona – Bravo, Pike, Alba, Dani Alves, Buskets, Rakitich (Turan, 74), Maskerano, Inesta, Neymar, Messi, Suares.

Real Madrid
– Navas, Pepe, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Kroos, Beyl (Vaskes, 90), Ronaldu, Benzema (Xese, 78).

Ogohlantirishlar
: Ramos (10), Karvaxal (18), Suares (27), Maskerano (29), Rakitich (58).

Chetlatish
: Ramos (83).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia