"Real" Kamavinganing narxini "Man Siti"ga malum qildi
18 mar 15:25
Yangiliklar


"Real" Kamavinganing narxini "Man Siti"ga malum qildi
Avvalroq OAVda "Manchester Siti" yozda "Real" xavbeki Eduardo Kamavingni sotib olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Madridliklar futbolchini faqatgina "katta pul" evaziga qo'yib yuborishga tayyor. Manbaga ko'ra, "qaymoqranglilar" Kamavinga uchun kamida 70 mln evro so'raydi.
Eduardo Kamavinganing "Real" bilan mehnat shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Xavbek joriy mavsum 27 ta uchrashuvda gol+pas tizimida "1+2" ko'rsatkichini qayd etdi. "Manchester Siti" APL 29-turidan so'ng beshinchi o'rinda bormoqda. Xosep Gvardiola jamoasi hisobida 48 ochko mavjud.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar