"Real" Bundesliga to'purarlaridan biriga qiziqish bildirmoqda
15 dek 2019 10:51
Yangiliklar


"Real" Bundesliga to'purarlaridan biriga qiziqish bildirmoqda
"Leypcig" klubi hujumchisi Timo Verner ispan grandining radarlariga tushib qoldi.
Don Balon nashri xabar berishicha, "Real" "Leypcig" forvardi uchun kurashga qo'shildi. Nemis klubi Vernerning transferidan 80 million evro ishlab olmoqchi. SHuningdek, 23 yoshli futbolchi "Bavariya", "Atletiko", "Manchester Yunayted" va "CHelsi" klublarining qiziqishlari doirasida turibdi.
Verner Germaniya Bundesligasining joriy mavsumida 14 o'yinda maydonga tushib, 16 golga mualliflik qildi. U musobaqa to'purarlari jadvalida Levandovskidan (18) keyin ikkinchi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar