"Real" Bundesliga jamoasi futbolchisini xarid qilmoqchi, ammo...

Aslanov Jasurbek
2 fev 2018, 10:59
"Real" rahbariyati "Ayntraxt" yarim himoyachisi Omar Maskarelga qiziqish bildirmoqda.

Biroq "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peresning maqsadi futbolchini jamoada o'ynatish emas, balki Maskarelni sotib olib, uni qimmatroqqa pullash. Ispan grandi o'z klubining sobiq futbolchisini 4 mln. evroga imtiyozli xarid qilish huquqiga ega.

Maskarel 2016 yilgacha "Real" futbolchisi edi. Bu vaqt ichida u ijara asosida "Derbi Kaunti" va Xixonning "Sporting" klubida o'ynadi va keyinroq nemis klubiga o'tdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Confidencial