"Real" bo'yi 2.01 metr bo'lgan darvozabonni kuzatmoqda
08 iyu 2018 00:48
Yangiliklar


"Real" bo'yi 2.01 metr bo'lgan darvozabonni kuzatmoqda
"Qirollik klubi" Xorvatiyaning "Xayduk" jamoasining yosh darvozaboniga qiziqib qolgan.
"Xayduk" klubi rahbarlar kengashi azosi davozabon Karlo Letica haqida:
"Karlo ajoyib mavsum o'tkazdi. Men futbolchi va uning agentini juda yaxshi bilaman. Yana men shuni ham aniq ayta olamanki, Letica o'yinlarini Madridning "Real" jamoasi kuzatib boryapti. Karloni yoshi va o'yin uslubidan kelib chiqib, Donnarumma bilan solishtirsa bo'ladi", - dedi klub vakili.
Karlo Letica endigina 21 yoshni qarshi oldi, bo'yi 2.01 metr. Bu mavsum futbolchi 22 o'yinda maydonga tushdi, 14 ta gol o'tkazganiga qaramay, 22 uchrashuvning 10 tasida darvozasi daxsizligini saqlab qola oldi. Etiborlisi, bundan tashqari Karlo bitta gol urishni ham uddaladi. Uning yoshidagi posbon uchun ajoyib statistika.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar