"Real" Beylni sotishga tayyor

Mirjalol Normatov
14 okt 2018, 18:10
Kelasi yozda "Real" o'z vingeri Garet Beyl bilan xayrlashadi.

"Sunday Express" xabariga ko'ra, o'tgan kunlarda "qirollik klubi" rahbariyati 29 yoshli futbolchi bilan uchrashuv olib borgan. Unda rahbarlarning katta qismi ushbu mavsum yakunlanganidan keyin uelslikni sotib yuborishga ovoz bergan. Uning o'rnida Mariano Diasga katta e'tibor berish kerakligi aytilgan.

Yozgi transferlar oynasi vaqtida vinger uchun "Manchester Yunayted" xaridor bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sunday Express