"Real" Beylga 2 yillik maoshini berib, u bilan shartnomani bekor qilishga tayyor
14 iyu 2020 13:49
Yangiliklar
"Real" Beylga 2 yillik maoshini berib, u bilan shartnomani bekor qilishga tayyor
Madridning "Real" klubi rahbariyati hujumchi Garet Beyl bilan muddatidan oldin shartnomani bekor qilmoqchi.
30 yoshli uelslik futbolchi "qaymoqranglilar" klubidan shu yozdayoq ketishi mumkin. Zinedin Zidanning "Real" bosh murabbiyligiga kelishi bilan Beyl kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. U restartdan so'ng o'tkazilgan 9ta o'yinning 2tasida maydonga tushdi (to'liq emas). Futbolchi va murabbiy bir necha yillardan buyon yaxshi munosabatda emas.
SHunga qaramay Garet shartnomasida ko'rsatilganidek 2022 yilning 30 iyuniga qadar "Real"da qolmoqchi.
"Real"dagilar Beylning maydonga tushmaslikdan qo'rqmasligidan norozi. Madridliklar bunday o'yinchi bilan tekinga bo'lsa ham xayrlashish kerak (2 yillik maoshini to'lagan holda) deb hisoblashadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar