"Real" Benzemaning jarohatidan xavotirda emas
24 noy 2022 18:29
Yangiliklar
"Real" Benzemaning jarohatidan xavotirda emas
"Real" rahbariyati hujumchi Karim Benzemaning jarohatidan xavotirda emas, deya xabar berdi ispaniyalik jurnalist Xorxe Pikon.
JCH-2022 boshlanishidan oldin 34 yoshli franciyalik futbolchi chap sonidan jarohat olgandi. U shu tufayli musobaqani o'tkazib yuboryapti.
Manba bergan xabarga ko'ra, Madrid klubi futbolchining JCH-2022dan keyin, 31 dekabr kuni Ispaniya chempionati doirasidagi "Valyadolid"ga qarshi o'yinda ishtirok etishiga ishonchi komil.
Benzema joriy mavsum "Real" safida barcha musobaqalarda 12 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar