"Real" "Barselona" xarid qilmoqchi bo'lgan futbolchini ilib ketmoqchi

Aslanov Jasurbek
12 sen 2018, 14:06
Ispaniyada "Ayaks" yarim himoyachisi Frenki de Yongni sotib olmoqchi bo'lganlar soni oshmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, iqtidorli futbolchi uchun kurashga "Barselona" ketidan "Real" ham qo'shildi. De Yong "qaymoqranglilar" safida qishda "Inter"ga o'tmoqchi bo'layotgan Luka Modrich o'rnini egallashi mumkin.

"Barselona" 21 yoshli futbolchini anchadan beri kuzatmoqda va yozda uni xarid qilishga ham urinib ko'rdi, ammo rad javobini oldi. Amstyerdam klubidagilarning fikricha, yana bir mavsumdan so'ng de Yongning transfer narxi oshadi.

Oldinroq, "Ayaks" de Yongni 50 mln evro evaziga "Tottenxem"ga sotmagani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Desmarque