So’nggi yangiliklar

01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 01:18Левандовски билан можаро сабаб ишсиз қолган мутахассис Қозоғистон терма жамоасини бошқариши мумкин  1 00:49"Бавария" "Барселона", "Ливерпул" ва "Реал" қизиқаётган ҳимоячи билан боғланди  0 00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  1 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  0 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  23 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  5 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  3 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  1 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  32 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   17 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  7

"Barselona" yana "Real"ni mag'lub etdi, bu safar LaLigada Yangiliklar

"Barselona" yana "Real"ni mag'lub etdi, bu safar LaLigada

Teglar :  Real Barselona
"Real" hamda "Barselona" o'rtasidagi LaLiganing 26-tur uchrashuvi yakuniga etdi.

Real Madrid

LaLiga . 26-tur

03/03/2019, 00:45

1
:
0
Tugadi

Barcelona

Ivan Rakitic - 26'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 78921 tomoshabin

Bosh hakam: Alberto Undiano

45'
90'
55'  Toni Kroos (Federico Valverde)
61'  Sergio Ramos
61'  Gareth Bale (Marco Asensio)
76'  Casemiro (Isco)
82'  Marco Asensio
89'  Daniel Carvajal
2'  Sergio Busquets
26'  Ivan Rakitic
26'  Sergi Roberto
63'  Clement Lenglet
71'  Arthur (Arturo Vidal)
78'  Ousmane Dembele (Philippe Coutinho)
90'  Sergio Busquets (Nelson Semedo)

"Real" – "Barselona" 0:1

«Santyago Bernabeu»

Gol: 0:1 – 26 Rakitich.

"Real": Kurtua, Karvaxal, Varan, Ramos, Regilon, Modrich, Kazemiro (Isko, 76), Vinisius Junior, Kroos (Valverde, 55), Beyl (Asensio, 61), Benzema.

"Barselona": ter Stegen, Alba, Pike, Serdji Roberto, Langle, Rakitich, Artur (Vidal, 71), Buskets (Nelson Semedu, 90), Dembele (Koutino, 78), Suares, Messi.

Ogohlantirishlar: Buskets (2), Ramos (61), Langle (63), Asensio (82), Karvaxal (89).


Bahs yakunlandi! Navbatdagi "El-Klassiko"da "Barselona" g'olib bo'ldi!

93. MESSI! Leo o'yinni yakunlab qo'yishiga bir necha santimetrlar etishmadi.

92. O'zgarish. Buskets maydonni tark etdi, uning o'rnini Nelson Semedu to'ldiradi.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

88. "Real" so'nggi daqiqalarda tezlikni oshirdi va xavfliroq hujumlar yarata boshlayapti.

83. Pike Benzemadan to'pni olib, o'z darvozasi oldida raqiblarni aldab yurdi va to'pni maydondan chiqarib yubordi.

82. Asensio Busketsga qo'pollik ishlatdi. Sariq kartochka.

81. Ter SHtegen to'pni qo'li bilan qaytarayotganda Ramosga tegib ketgandek bo'ldi, biroq hakam o'yinni davom ettirish kerakligini ko'rsatmoqda.

78. O'zgarish. Usmon Dembele o'rniga Koutino maydonga tushmoqda.

77. Asensio "Barselona" jarima maydonchasida yiqildi, biroq hakam bugun penalti qo'ymasligini aytdi.

75. O'zgarish. Kasemiro o'rniga Isko tushdi.

70. DEMBELE! Usmon Messining ajoyib uzatmasidan so'ng raqib jarima maydonchasiga kirib bordi va chap oyog'ida uzoq burchakka zarba berdi. Biroz noaniq!

63. Langlega sariq kartochka ko'rsatildi. Kleman havodagi kurashda Ramosga tirsagi bilan zarba berdi.

61. O'zgarish. Beyl o'rniga Marko Asensio maydonga tushdi.

61. Ramos Messiga nisbatan qoida buzgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

59. VINISIUS! Braziliyalik forvard raqib jarima maydonchasida himoyachining ehtiyotsizligi tufayli to'pni egallab oldi va zarba berdi, Langle to'pni tanasi bilan qaytarib qoldi.

57. Messi raqib jarima maydonchasi oldida to'pni qabul qildi va chap qanotda ochilayotgan Dembelega to'pni uzatdi. Usmon o'ylanib o'tirmasdan darvoza tomon zarba berdi, Kurtua to'pni egallab oldi.

52. SUARES! Argentinalik forvard Karvaxalning noaniq uzatmasini ilib oldi va bitta o'zi Kurtua darvozasi tomon ildamladi, ammo uning tezligi katta bo'lmagani tufayli hujumchi to'pni oldirib qo'ydi.

49. BENZEMA!!! Karim Benzema darvozaga juda yaqin turib, to'pni o'sha tarafga bura olmadi. Buning ustiga o'yindan tashqari holat ekan.

47. Ikkala jamoa tarkibida ham o'zgarish yo'q.

46. Jamoalar maydonga qaytishdi va ikkinchi bo'lim boshlandi!




Bizdan uzoqlashmang, ajoyib suratlar bilan mehmon qilamiz.

TANAFFUS! 

45. Ramosdan navbatdagi ahmoqona harakat! Serxio to'pni Messidan ilib ketayotib, uning yuziga zarba berdi!

42. Serxio Ramosning bu harakati ertaga katta muhokamalarga sabab bo'ladi. Himoyachi to'psiz ketayotgan Messini ayyorona to'xtatib qoldi.

39. KURTUA! Suaresning 16 metrdan bergan zarbasini Tibo qaytarib qoldi, qaytgan to'pga Messi ulgurmadi.

37. Messining bergan zarbadan so'ng, to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

35. "Real" jarima maydonchasi yaqinida Kasemiro qoida buzdi. Jarima zarbasi. To'p qarshisida Messi.

34. Malumot uchun: "Real" 563 kundan beri "Barselona"ni mag'lub eta olmayapti.

GOLLARNI BU ERDAN KO'CHIRISHINGIZ MUMKIN: TELEGRAM

29. Reguilon raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi, ammo hakam yana penalti yo'qligini aytdi.

26. GOOOL! RAKITICH! Xorvatiyalik futbolchi o'ng qanotdan uzatma qabul qildi va jarima maydonchasi ichida unga hech kim halaqit qilmadi. Ivan Rakitich to'pni Kurtua ustidan tashlab qo'ydi va hisobni ochdi. 0:1


22. MODRICH! Vinisius chap qanotdan "Barselona" jarima maydonchasiga yorib kirdi va to'pni orqaroqdagi Kroosga uzatdi, Toni esa Modrichni to'p bilan taminladi. Xorvatiyalik yarim himoyachi aldamchi harakatdan so'ng darvozaga zarba berdi, biroq to'p yo'liga Pike qarshi chiqdi va xavfni bartaraf etdi.

19. MESSI! Lionel Suaresning uzatmasidan so'ng jarima maydonchasiga kirib bordi va uzoqlashib ketgan to'pni Kurtua ustidan tashlashga harakat qildi, biroq zarba yo'nalishi noaniq edi.

15. ZARBAAA! SUARES! Buskets to'pni raqib jarima maydonchasi chizig'i ustidan turgan Luis Suaresga uzatdi, u esa to'pni o'ziga to'g'irlab, darvoza tomon zarba berdi... Kurtuadan seyv, ammo yon hakam ofsayd bo'lganini qayd etdi.

13. Jarima zarbasi muvaffaqiyatsiz chiqdi, bir necha soniya keyin sodir bo'lgan vaziyatda Langle Varanning zarbasini tanasi bilan to'sdi va bir qancha vaqt maydonda og'riqni his qilib yotdi. Hammasi joyida, futbolchi o'rnidan turdi.

12. Yana "Barselona" jarima maydonchasi oldida qo'pollik

11. Artur to'pni raqib jarima maydonchasi ichiga tashladi, uni qabul qiluvchi Rakitich esa ichkarida yiqildi, ammo hakam penalti yo'qligini ko'rsatdi.

9. Hozircha jamoalar to'pni bir-biriga oldirib, muxlislarni biroz zeriktirishoqda. Men esa sizga qiziqarli malumotni taqdim etmoqchiman. Buskestning sariq kartochkasi uning faoliyatidagi eng tezi ekan. Bundan tashqari so'nggi marta "El-Klassiko"larda bundan ertaroq olingan kartochka 2005-2006 mavsumda sodir bo'lgan.

6. Santyago Solari esa bir necha o'yindan beri o'z klubi ishqibozlarini g'alati qarori bilan ajablantiryapti. Bunga mutaxassisning Marseloni zaxirada qoldirayotgani sabab bo'lyapti. So'nggi bahslarda braziliyalik himoyachi o'rnini Reguilon egallayapti.

4. Kataloniya klubi ustozi Ernesto Valverde jarohatdan qutilgan Arturni maydonga tushirgani ko'pchilikni hayron qoldirdi, chunki aksariyat muxlislar murabbiy futbolchining salomatligi bilan tavakkal qilmaydi deb o'ylagandi.

3. Beylning zarbasi noaniq chiqdi. Tezkor gol sodir bo'lmadi.

2. Qo'pollik! Buskest o'z jarima maydonchasi oldida Kroosni yiqitdi. Xavli jarima zarbasi belgilandi. Buning ustiga Serxio sariq kartochka bilan jazolandi.


1. Uchrashuv boshlandi


- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Bir necha daqiqalardan so'ng "Santyago Bernabeu"da "Real" hamda "Barselona" o'rtasidagi navbatdagi "El-Klassiko" start oladi.

Real Madrid

LaLiga . 26-tur

03/03/2019, 00:45

1
:
0
Tugadi

Barcelona

Ivan Rakitic - 26'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 78921 tomoshabin

Bosh hakam: Alberto Undiano

45'
90'
55'  Toni Kroos (Federico Valverde)
61'  Sergio Ramos
61'  Gareth Bale (Marco Asensio)
76'  Casemiro (Isco)
82'  Marco Asensio
89'  Daniel Carvajal
2'  Sergio Busquets
26'  Ivan Rakitic
26'  Sergi Roberto
63'  Clement Lenglet
71'  Arthur (Arturo Vidal)
78'  Ousmane Dembele (Philippe Coutinho)
90'  Sergio Busquets (Nelson Semedo)

Real Madrid – Barselona 0:1

3 mart, 00.45, «Santyago Bernabeu»

Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Varan, Ramos, Regilon, Modrich, Kazemiro, Vinisius Junior, Kroos, Beyl, Benzema.

Barselona – ter Stegen, Alba, Pike, Serdji Roberto, Langle, Rakitich, Artur, Buskets, Dembele, Suares, Messi.

Reyting: +76   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика