So’nggi yangiliklar

00:13Расман: Лени Йоро — "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  0 23:52"Интер Майами" Месси иштирокида учинчи либосини намойиш этди  0 23:35Расман: Гринвуд — "Марсель" футболчиси!  0 23:13Норчаев дубль қайд этган баҳсда Ўзбекистон ОТЖ Янги Зеландияни мағлубиятга учратди  9 22:51"Реал Мадрид" "Ал Насср" футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  6 22:38"Манчестер Сити" "Жирона" футболчисини таркибга қўшиб олди  4 22:14Расман: Микаутадзе — "Лион" футболчиси!  2 21:57Мбаппе "Реал"даги рақамини ўзгартирмоқчи  9 21:30Эшитдик-да! "Бунёдкор" хорватиялик футболчини ўз сафига қўшиб олди  6 21:03"Барселона"нинг 20 ёшли дарвозабони ҳаммомда вафот этди  10 20:46ОКМК Беларусь клуби билан ҳамкорлик шартномаси имзолади  7 20:29Ҳамдаллаҳ Саудиянинг бошқа клубига ўтиш арафасида турибди  3 20:12Назорат учрашуви. "Олимпик" "Металлург"ни мағлубиятга учратди  4 19:26"Бавария" ПСЖ футболчисини 90 млн. еврога сотиб олмоқчи, аммо бир йилдан сўнг  5 19:15"Локомотив" "Навбаҳор" футболчилари билан шартнома имзолади  5

"Barselona" "Real"ni yirik hisobda taslim etib, Ispaniya Kubogi finaliga chiqdi Yangiliklar

"Barselona" "Real"ni yirik hisobda taslim etib, Ispaniya Kubogi finaliga chiqdi

"Real" hamda "Barselona" o'rtasidagi Ispaniya Kubogi yarim final javob uchrashuvi matnli translyaciyasini shu sahifada kuzatishingiz mumkin bo'ldi.

Real Madrid

Copa del Rey . 1/2-tur

28/02/2019, 00:00

3
:
0
Tugadi

Barcelona

Luis Suarez - 50', Raphael Varane - 69', Luis Suarez - 73'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 80472 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Sanchez

45'
90'
58'  Lucas Vazquez
68'  Lucas Vazquez (Gareth Bale)
72'  Casemiro
75'  Casemiro (Federico Valverde)
81'  Vinicius Junior (Marco Asensio)
50'  Luis Suarez
50'  Ousmane Dembele
65'  Sergio Busquets
69'  Raphael Varane
73'  Luis Suarez
75'  Ousmane Dembele (Philippe Coutinho)
78'  Luis Suarez (Arturo Vidal)
81'  Nelson Semedo
86'  Sergio Busquets (Arthur)

"Real" – "Barselona" 0:3 (umumiy hisob 1:4)

«Santyago Bernabeu»
Gollar: 0:1 – 50 Suares, 0:2 – 69, avtogol Varan, 0:3 – 73, penalti Suares.
"Real": Navas, Varan, Regilon, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro (Valverde, 75), Vaskes (Beyl, 68), Kroos, Vinisius Junior (Asensio, 81), Benzema.

"Barselona": ter Stegen, Langle, Pike, Alba, Serdji Roberto, Rakitich, Buskets (Artur, 86), Dembele (Koutino, 75), Nelson Semedu, Messi, Suares (Vidal, 78).
Ogohlantirishlar: Vaskes (58), Buskets (65), Kazemiro (72), Nelson Semedu (81).



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Hammasi hal bo'lganini tushungan hakam asosiy vaqtga 2 daqiqa qo'shib berdi.

88. "Real" qanotlar orqali hujum uyushtirishga urinmoqda, ammo futbolchilar taslim bo'lgan ko'rinadi. Uzatmalar xafsalasiz amalga oshirilyapti.

86. O'zgarish. Artur maydonda Buskets o'rnini egalladi.

81. So'nggi bir necha daqiqa ichida jamoalar o'zgarishlarni amalga oshirishdi. Vaskes - Beyl, Kasemiro - Valverde, Vinisius - Asensio. Dembele - Koutino, Suares - Vidal.

GOLLARNI TELEGRAMDAGI KANALIMIZDAN KO'RISHINGIZ MUMKIN! Manzil: https://t.me/championatasia

73. SUARES! GOL! 0:3, umumiy hisob 1:4.

72. NIMALAR BO'LMOQDA! "REAL" DARVOZASIGA PENALTI! Kasemiro zarba beraman deb aldamchi harakatni amalga oshirgan Suaresni yiqitdi.


69. GOOOLLL! Suares dubl qayd etmoqda! 0:2, umumiy hisob 1:3. Dembele o'ng qanotda paydo bo'ldi va qarshiliksiz to'pni jarima maydonchasi ichida ochilayotgan Suaresga uzatdi. Luis esa "El Pistolero" laqabini bekorga olmaganini isbotlab, vaziyatni gol bilan yakunladi.

68. VINISIUS! Yigitcha nimalar qilyapti. Braziliyalik vunderkind qarshisida ikki raqibi bo'lishiga qaramay jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va zarba berdi. To'p rikoshet bo'lib maydonni tark etdi.

67. Zarba! Dani Karvaxal uzoq davom etgan paslarni zarba bilan yakunlab qo'ydi. Ter SHtegen bu safar ham o'z joyida.

65. Sariq kartochka! Buskest Modrichga qo'pollik ishlatdi.

62. DAHSHATLI SEYV! Ter SHtegen "Real" futbolchisining yaqin masofadan bosh bilan bergan noqulay zarbasini qaytarib qoldi! 

60. XAVFLI VAZIYAT! Reguilon o'z qanotidan to'pni jarima maydonchasiga havolatib tashladi, Lukas Vaskes esa yaqin masofadan to'pga zarba bera olmadi. Hisob o'zgarishi mumkin edi.

58. Hakam nihoyat sariq kartochkasini ishga soldi. Lukas Vaskes Langlega nisbatan qoida buzgani uchun ogohlantirildi.

55. VINISIUS! Braziliyalik futbolchi o'z qanotidan jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo to'p uzatishda kechikdi. Kataloniya klubi futbolchilari uzatmani qaytarishdi.

54. Buskets o'z darvozasidan 30 metr uzoqlikda qoida buzdi. To'p qarshisida Toni Kroos! Zarbaaaa! Kasemiro Kroos uzatgan to'pga bosh bilan zarba berdi, noaniq.

50. GOOOLLL! LUIS SUARES! Usmon Dembele Albaning pasidan so'ng o'z qanotida to'pni egallab oldi va uni erlatib, markazga tashladi. Suares esa to'pga bir teginish bilan yaqin burchakni nishonga oldi! 0:1, umumiy hisob 1:2.

49. Endi Modrich o'z jarima maydonchasi yonida qo'pollik ishlatdi, ammo masofa biroz uzoqroq. Messining uzatmasidan so'ng Pike bosh bilan zarba berdi. Noaniq.

48. Kleman Langle o'z jarima maydonchasi yonginasida qoidani buzdi. Xavfli standart! BENZEMA!!! Krossning uzatmasini Karim darvozaga burishga urindi, ammo to'p biroz yuqoridan o'tib ketdi.

47. Ikki jamoada ham o'zgarish ro'y bergani yo'q.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Arturo Vidal mashg'ulotlarni boshlab yubordi.

- Jamoalar maydonga qaytishmoqda.


Saytdan uzoqlashang, ajoyib suratlar bilan sizni xursand qilamiz.

TANAFFUS!

45. Ivan Rakitich markazda Lukas Vaskesni yiqitdi. SHifokorlar maydonga chiqib kelishdi. Zaxirada o'tirgan Marselo esa to'pni qo'lidan aylantirmoqda.

42. "Barselona" qarshi hujumga o'tdi, ammo "Real" futbolchilari raqibning ikki o'yinchisiga nisbatan qo'pol o'ynashdi. Hakam kartochka ko'rsatgani yo'q.

41. "Real" juda chiroyli o'yin namoyish etmoqda, biroq hujumning so'nggi nuqtasini qo'ya oladigan futbolchi topilmayapti.

40. Statistika: Darvozaga aniq zarba berish bo'yicha "Real" oldinda. 2:0.

38. Nimalar bo'lyapti! Vinisius yana bir qulay imkoniyatni yo'qqa chiqardi. Qanotdan erlatib kelgan to'pni braziliyalik chap oyog'i bilan darvozaga burdi, ammo to'p posbon qo'riqlayotgan darvoza ustidan o'tib ketdi.

37. BENZEMAAA! Avvaliga Vinisius raqib darvozaboni bilan birga bir chiqdi, biroq to'pni o'ziga to'g'irlay olmagan braziliyalik uni Karimga uzatdi. Franciyalik futbolchining zarbasi ter SHtegen tomonidan qaytarildi. Qoyil!

34. Vinisius! "Real" hujumchisi o'z qanotidan jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo zarba berish o'rniga to'pni jamoadoshiga uzatdi va xavf o'z o'zidan yo'qqa chiqdi.

30. DEMBELE!!! Messi to'pni chap qanotda turgan Usmonga uzatdi, franciyalik esa erlatib to'pni jarima maydonchasi ichiga tashladi. To'p hammadan o'tib ketdi...

29. O'yin tempi biroz pasaydi. Jamoalar navbatdagi hujumlar oldidan biroz dam olishga urinishmoqda.

23. VINISIUSSS!!! Benzema chap qanotdan to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatdi, avvaliga Vinisius to'pga zarba berdi, nemis posboni to'pni qaqytarishga erishdi, Vaskes esa to'pga zarba bera olmadi. Juda xavfli hujum bartaraf etildi.

22. "Real" o'ziga xos o'yini bilan Vaskesni hujumga chorladi. Lukas ter SHtegen bilan birga bir chiqishi mumkin edi, ammo katta tezlikka ega bo'lgan Xordi Alba bunga yo'l qo'ymadi.

19. VINISIUSSS!!! Braziliyalik vunderkind raqib jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib oldi va ortiga o'girilib, darvoza tomon zarba berdi. Noaniq!

18. Ushbu 3 daqiqa ichida jamoalar to'pni bir necha marta oldirib qo'yishdi. 

15. Videoassistent tizimi orqali o'yinni kuzatayotganlar penalti yo'qligini malum qilishdi. Bahs davom etadi!

14. Vinisius o'z qanotida jarima maydonchasiga yorib kirdi va ichkarida yiqildi (balki yiqitilgandir), ammo hakam o'yinni davom ettirish mumkinligini ko'rsatdi. Uchrashuv to'xtatilsa VAR tizimi hammasini hal qiladi.

12. Ter SHtegen to'pni maydondan chiqarmay, ushlab qolgandi, ammo hakam burchak zarbasi belgiladi. "Real" amalga oshirgan burchak to'pi muvaffaqiyatsiz yakun topdi.

10. Rakitich maydon markazida qoidani buzdi. Xushtakdan so'ng ikkala jamoa vakillari hakamga murojaat qilishdi. Referi hammani tinchlantirdi va o'yin davom etmoqda.

8. Messi to'pni chap qanotga uzatdi, Dembele uzoq burchakdagi futbolchiga to'pni havolatib tashlab berdi, ammo madridliklar xavfni bartaraf etishdi.

7. To'p nazorati "Barselona"ga o'tdi. 

5. Benzema markazdan hujum ushyutirdi va to'pni Vaskesga tashladi, Lukas esa raqib jarima maydoni chizig'i ustiga yaqinlashayotib, to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi. Xavf yo'qqa chiqdi.

4. Messi markaz orqali hujum boshlab, to'pni chap qanotdagi Dembelega oshirdi, Usmon esa raqib futbolchisini aldashga urinib to'psiz qoldi. Hozircha hamma xushyor.

2. Ilk daqiqalardan "Real" to'pga ko'proq egalik qilmoqda. Semedu markaz chizig'iga yaqin bo'lgan hududda Vinisiusni yiqitdi. Qoidabuzarlik qayd etildi.

1. Bahs boshlandi!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Yana bir bor tarkiblarga ko'z yugurtirib chiqishingiz mumkin. Ushbu sahifada o'yindan suratlar ham berib boriladi.

- Assalomu alaykum qadrli saytimiz o'quvchilari. Bir necha daqiqalardan so'ng millionlab muxlislar kutgan "El-Klassiko"ga start beriladi. Bahs boshlanguniga qadar tarkiblarni ko'rib chiqib, izohlarda taxminiy hisobingizni yozib qoldirishingiz mumkin.

Reyting: +61   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика