"Real" Anchelotti qo'l ostidagi 100-g'alabaga erishdi
12 mar 2023 12:39
Yangiliklar


"Real" Anchelotti qo'l ostidagi 100-g'alabaga erishdi
"Real" kecha Karlo Anchelotti qo'l ostidagi navbatdagi g'alabani qo'lga kiritdi.
LaLiga 25-turi doirasida "Espanol" ustidan qozonilgan irodali g'alaba Anchelotti uchun "Real" boshqaruvidagi LaLigada 100-g'alaba bo'ldi. Bosh murabbiyga ushbu natijaga erishishi uchun 139 o'yin kifoya qildi. U bu natijaga erishgan "Real"ning uchinchi murabbiyiga aylandi. Bunga qadar Migel Munos (275) va Zinedin Zidan (124) yuzlik dovonini zabt etgan.
Eslatib o'tamiz, "Real" qaytishiga qadar Anchelotti 2013-2015 yillar davomida ham klubda ishlagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar