"Real" afsonalaridan biri futbol bilan xayrlashdi
06 fev 17:10
Yangiliklar
"Real" afsonalaridan biri futbol bilan xayrlashdi
"Real" va Braziliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Marselo butsalarini "mixga ilish"ga qaror qildi.
36 yoshli chap qanot himoyachisi "Real" safida 15 yil o'ynadi (2007-2022 yillar). U Madrid klubida 546 ta o'yinda maydonga tushib 38 ta gol urdi va 103 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Marselo "Real" bilan birga 25 ta sovrin yutdi, ular orasida beshta CHempionlar ligasi kubogi ham bor.
Futbolchining faoliyatidagi so'nggi klubi Braziliyaning "Fluminense" klubi bo'ldi. Bu jamoada himoyachi Libertadores kubogini qo'lga kiritdi.
Braziliya milliy terma jamoasi safida Marselo 58 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan. Terma jamoa bilan 2013 yilgi Konfederaciyalar kubogini qo'lga kiritdi.
Fikrlar