So’nggi yangiliklar

19:33"Навбаҳор" тепган пенальти хато деб топилди. 16-турдаги баҳсли вазиятлар юзасидан Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси  4 18:37"Сулаймон ўлди, девлар қутулди". Нойер кетди  3 18:21Ўзимизнинг карикатура. Азим чинорнинг сўнгги барги  3 18:07Про лига. "Шўртан" ва "Дўстлик"нинг асосий таркиблари маълум  0 17:51Ўзбекистон МТЖ футболчиларига кўрсатилган сариқ карточкалар бекор қилинди  3 17:26Про лига. "Арал" ва "Қўқон-1912"нинг асосий таркиблари маълум  0 17:05Анчелотти: "Septete" ҳақида ҳеч ким гапирмаяпти"  0 16:18Рўзиқул Бердиев: "Осиё чемпионлар лигасида финалга қадар етиб боришни мақсад қилганмиз. Жорий мавсум клубимиз чемпионликни қўлга киритиш учун жиддий ёндашган"  12 15:50Расман: Лондон ва Мадридда сарсон бўлган Евро вице-чемпиони "Атлетико"га ўтди  2 15:31Ҳимоясизларни "талаш" осонми?  29 14:29Бензема "Ал Иттиҳод" Манени сотиб олишини истамоқда — клублар музокарани бошлаб юборган  2 13:56"Ҳаммамиз оламдан ўтадиган кунимиздан қўрқамиз. Лекин, ҳаёт - бу ўлим ҳам демакдир"  15 13:24"Барселона" Гюндоганни текинга қўйиб юбораётганининг сабаби маълум қилинди   7 13:00"Холанд? Салаҳ ва Агуэро кичик жамоалардан кўра катта жамоаларга кўпроқ гол уришган"  5 12:13Укадан устун келган ака ГАЛЕРЕЯ  3

"Real" 4 oy 1 hafta ichida 25ta o'yin o'tkazdi. Ular bunga qanday ulguryapti? Yangiliklar

"Real" 4 oy 1 hafta ichida 25ta o'yin o'tkazdi. Ular bunga qanday ulguryapti?

Internetni titkilab Ispaniya chempionati jadvaliga ko'zim tushib qoldi.

"Real" birinchi o'rinda ekan. 19 o'yin, 14 g'alaba, 4 durang va 1 mag'lubiyat. Keyingi o'rinlardagi jamoalarda esa 18tadan o'yin. Hayron bo'ldim, axir ularda chempionat yaqinda boshlanmaganmidi, qanday qilib 19 o'yin o'tkazishga ulgurdi. 

19ta o'yin bizdagi chempionatning deyarli oxiri degani. Masalan, bizda bu yilgi mavsum 9 martda start olib, 19-tur 21 sentyabrda o'ynaldi. Yani 6 oydan keyin. "Real" esa 4 oyda birinchi davraning hamma o'yinlarini o'ynab bo'ldi. Buning ustiga Evropa chempionlar ligasida yana 6ta bahsda maydonga tushdi. 

Qiziqib statistikani hisoblab ko'rdim. To'g'ri, ularda jamoalar soni ko'p. Ispaniya chempionatida 20ta klub o'ynaydi, bizda esa 14ta. Ularda 38ta tur bo'ladi, bizda 26ta (ularda bizdan 12taga ko'p). Lekin shunga qaramay, bir yil hammaga teng taqsimlangan. Faqat kimdir 40dan ko'p o'yinda maydonga tushadi, kimdir uzog'i 30tacha o'yin bilan kifoyalanadi.


Mavzuni yana "Real" atrofida davom ettirib, bu jamoaning 15 avgust - 23 dekabr oralig'ida umumiy hisobda nechta uchrashuv o'tkazganini sanab ko'ramiz. 

15 avgust. La Liga

23 avgust. La Liga

29 avgust. La Liga

13 sentyabr. La Liga

16 sentyabr. ECHL

20 sentyabr. La Liga

23 sentyabr. La Liga

26 sentyabr. La Liga

29 sentyabr. ECHL

3 oktyabr. La Liga

20 oktyabr. ECHL

24 oktyabr. La Liga

28 oktyabr. La Liga

30 oktyabr. La Liga

3 noyabr. ECHL

7 noyabr. La Liga

21 noyabr. La Liga

25 noyabr. ECHL

29 noyabr. La Liga

2 dekabr. La Liga

5 dekabr. La Liga

8 dekabr. ECHL

13 dekabr. La Liga

20 dekabr. La Liga

23 dekabr. La Liga

Ispaniyaning bu yilgi mavsumiga 15 avgust kuni start berildi. "Real" 23 dekabrda 19-turni o'tkazib, qishki tanaffusga chiqib chiqib ketdi. Lekin ularda tanaffus ikki oylab davom etmaydi. Dam olish hatto 10 kunga bormayapti. CHunki "Real"ni 2 yanvar kuni 20-tur bahsi kutyapti. Yangi yilni kutib olishadi-yu, shu bilan to'g'ri mashg'ulotga!


"Real" La Ligadagi 19ta o'yinni qachon o'ynadi?  

15 avgust

23 avgust

29 avgust

13 sentyabr

20 sentyabr

23 sentyabr

26 sentyabr

3 oktyabr

24 oktyabr

28 oktyabr

30 oktyabr

7 noyabr

21 noyabr

29 noyabr

2 dekabr

5 dekabr

13 dekabr

20 dekabr

23 dekabr

SHu o'rinda ECHLni aralashtirmasdan faqat Ispaniya chempionatiga etibor qaratamiz. Agar oyma oy taqsimlaydigan bo'lsak, "Real" avgust va dekabr oralig'ida har oy nechtadan uchrashuvda maydonga tushgani kelib chiqadi. 

Avgust - 3ta o'yin

Sentyabr - 4ta o'yin

Oktyabr - 4ta o'yin

Noyabr - 3ta o'yin

Dekabr - 5ta o'yin

Demak, bu jamoa La Ligada avgust va noyabrda 3tadan, sentyabr-oktyabrda 4tadan o'yinda maydonga tushgan. Dekabrda esa 5ta uchrashuv o'tkazgan. Eng qizig'i, "Real" yanvarda ham 4ta o'yin o'tkazadi.



Superligadagi vaziyat

Aytib o'tganimizdek, bizda o'yinlar soni kam. SHu bois biz hech bir oy 5ta tur o'tkazmaymiz. Eng ko'p 4ta bo'lishi mumkin. Savol tug'iladi, bu yil Superligada 26 tur oyma oy taqsimlaganda qanaqa bo'ldi? Javobi esa quyidagicha:

Mart - 3ta o'yin

Aprel - 3ta o'yin

May - 3ta o'yin

Iyun - 2ta o'yin

Iyul - 2ta o'yin

Avgust - 3ta o'yin

Sentyabr - 4ta o'yin

Oktyabr - 3ta o'yin

Noyabr - 3ta o'yin

Biz deyarli har oy 3tadan tur ko'rdik. Yozda tushunsa bo'ladi, havo issiq, shu bois iyun-iyulda Superliganing 2ta turi o'tkazildi. Eng ko'p tur sentyabrga to'g'ri keldi va bunda jamoalar 4tadan tur maydonga tushishdi.

"Real" 20 kun ichida 5ta o'yin o'tkazyapti, bizda faqat OCHLda shunaqasi bo'ldi: 2 haftada klublar 6tadan o'yin o'tkazishdi, lekin bu faqat markazlashgan turnirda. Uy-mehmon tarzidagi musobaqalarda esa buning iloji yo'q.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика