Rays Arteta bilan bog'liq qiziq voqeani aytib berdi
12 sen 2023 10:16
Yangiliklar
Rays Arteta bilan bog'liq qiziq voqeani aytib berdi
"Arsenal" yarim himoyachisi Deklan Rays "kanonirlar" safidagi ilk kunini esladi.
"Men yakshanba kuni qarorgohga birinchi marta kelganimda, asosiy tarkib yigitlari u erda yo'q edi. Men fizioterapiya xonasidan chiqib keldim va Arteta odatda qiladigan kichik ishlaridan birini qildi. U menga "Salom, men yangiman!" degan stikerni yopishtirib qo'ydi. SHunchaki yonimga keldi va nakleykani ko'ksimga yopishtirdi. Bu ishni murabbiy qilgani uchun shunday yurishimga to'g'ri keldi", – dedi Rays "Tubes and Ange Gold Life" podkastida.
Eslatib o'tamiz, "Arsenal" Deklan Raysni "Vest Xem"dan 116,6 million evro evaziga sotib olgandi. Bu "kanonirlar" tarixidagi eng qimmat transfer bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar