Rayola: "Bir necha yillardan so'ng Xoland Ronaldudan ham kuchli bo'ladi"
04 may 2020 12:17
Yangiliklar
Rayola: "Bir necha yillardan so'ng Xoland Ronaldudan ham kuchli bo'ladi"
Agent Mino Rayola o'z mijozi, yani "Borussiya" (Dortmund) hujumchisi Erling Xolandning kelajagini bashorat qildi.
Uning so'zlariga ko'ra, to'purar futbolchi Madridning "Real" klubi uchun o'nlab gollarni urishga qodir. Bir necha yillardan so'ng Krishtianu Ronaldudan ham o'zib keta oladi.
"U "Real"da Ronaldu singari bir mavsumda 40 va 50ta gollar urishi mumkin. Bir necha yillardan so'ng esa undan ham kuchli bo'ladi", - deydi Rayola.
Eslatib o'tamiz, Xolandning xizmatlariga "Real"dan tashqari "Yuventus" ham qiziqmoqda.
Fikrlar